Янгиликлар
#Adliya_aralashgach
Fuqaro R.R. Sergeli tumani adliya bo‘limiga murojaat qilib, imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiyaga chiqishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Ish hujjatlari o‘rganilganda, fuqaro bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sergeli tuman bo‘limiga umumiy asoslarga ko‘ra murojaat qilgan, biroq ish joyi attestatsiyadan o‘tkazilmaganligi sababli imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiyaga chiqish to‘g‘risidagi arizasi rad etilganligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga yuridik ahamiyatga ega faktni belgilash to‘g‘risida ariza kiritildi. Mazkur ariza natijasida fuqaroga 14 yil davomida haqiqatan mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishda ishlaganlik faktini belgilash to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori qabul qilinishiga erishildi.