Янгиликлар
16
#Adliya_yangiliklari
#men_donorman
Ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab ko'plab tashkilotlarda najot istab, kimningdir yordamiga muhtoj bemorlar uchun qon topshirish aksiyalari olib borilmoqda.
Toshkent shahar adliya boshqarmasida ham Toshkent shahar qon quyish markazi "Qon preparatlari" IICHK Sayyor guruhi bilan hamkorlikda "Men Donorman" aksiyasining navbatdagi tadbiri o'tkazildi.
Boshqarma va tuman adliya bo'limlarining ko'ngilli xodimlari ushbu hayriya tadbirida donor sifatida faol ishtirok etib,???? bir qancha bemorlar hayotini saqlab qolishda, ularning umid bilan boqqan ko'zlarini quvonchga to'ldirishda o'zlarining beg'araz hissalarini qo'shishdi.
Siz ham donorlik aksiyalarida qatnashing va bemorlarga hayot bag'ishlashda ko‘maklashing!