Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Adliyaga sayohat: yuz yillik yo‘l


   “Ochiq eshiklar kuni” doirasida yoshlar uzoq tarixga ham sayohat qilishdi. “O‘zarxiv” agentligi tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilgan noyob fotosuratlar, uzoq yillik tarixiy hujjatlar va filmlar namoyishi ishtirokchilarda katta taʼsurot qoldirdi.

   Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilgan  jihozlar va odam DNKsini aniqlash, ovozlarni ekspertizadan o‘tkazish kabi qiziqarli jarayonlar haqida ham yoshlarga maʼlumotlar berildi.

   Shuningdek, yoshlar tadbir davomida FHDY bo‘limida yosh oilaning nikohdan o‘tish  jarayoniga ham guvoh bo‘lishdi. Nikohi qayd etilganiga  45 yil bo‘lgan keksa otaxon va onaxonlarning ibratli hayot yo‘li haqida hikoyalari esa yoshlarning xotirasida uzoq vaqt saqlanadigan bo‘ldi.  

   Markazda yoshlar uchun psixologlar tomonidan qiziqarli musobaqalar ham tashkil etildi. Musobaqada faol ishtirok etib g‘olib bo‘lganlarga esdalik sovg‘alari ulashildi.