Янгиликлар
25
Mahallalarda aholi muammolari o'rganilmoqda
Ayni kunlarda poytaxtning barcha tumanlarida mahallalardagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining sayi harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyat olib borishmoqda.
Sektor rahbarlari, ishchi guruh va “mahalla yettiligi” tomonidan mahallada yashovchi aholining muammolarini o‘rganish va uyma-uy yurib xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
Aholi muammolarini yechishning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratish maqsadida xalq orasiga kirishini taʼminlaydigan ommaviy sayyor qabullarning tashkil etilishi ham odamlarga qulaylik bo‘lib xizmat qilmoqda