Янгиликлар
01
“Men donorman” xayriya aksiyasi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tashabbusi bilan bugun “Men donorman” xayriya aksiyasi doirasida Qon preparatlari ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi mobil labaratoriyasi boshqarma hovlisiga kelib joylashdi.
Shifokorlarning aytishcha donor bo‘lish uchun 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom insonlar qon topshirishlari mumkin ekan. Bugun ko‘ngilli tarzda boshqarma yoshlari qatorida 60 yoshli haydovchi Abdulla Sulaymonov ham qon topshirib, donorlik aksiyasida ishtirok etdi
Mazkur aksiya doirasida olingan qon preparatlari Onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar va shoshilinch tez yordam markazlari bemorlari uchun beg‘araz yordam sifatida yuboriladi.