Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Targ’ibot tadbirlari yoshlar faolligini oshirmoqda


"Islohotlarda daxldorman" shiori ostida “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida yoshlar o’rtasida o’tkazilayotgan targ’ibot tadbirining navbatdagi bosqichi O'zbekiston Milliy universitetida o’tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Toshkent davlat yuridik universiteti mutasaddilari hamda talabalari ishtirok etishib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so’z yuritishdi.

Loyiha o’z oldiga  avvalo yoshlarda Vatan taraqqiyotiga daxldorlik, ijtimoiy faollik hamda maqsadlarini to‘g‘ri belgilash, ularning malakali kadrlar sifatida shakllanishlariga ko‘maklashish kabi ishlarni maqsad qilgan.

Shuningdek, targ’ibot tadbirlari davomida yoshlar orasida turli viktorina va tanlovlar ham o‘tkazilib,  g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg’alari ham topshirilmoqda.