Янгиликлар
06
#sayyor_davlat_xizmatlari
92 yoshli fuqaroga tug‘ilgan kunida yangi pasport sovg‘a qilindi
Yakkasaroy tumani “Yunus Rajabiy” mahallasida istiqomat qiluvchi 92 yoshli Bella Dorogininaga biometrik pasportining amal qilish muddati tugagani sabab yangi ID karta rasmiylashtirildi.
Ayolni ovora qilmaslik uchun Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazi va 1-son FHDY xodimlari tomonidan sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi. 92 yoshni qarshilagan Bella Dorogininani adliya xodimlari tug‘ilgan kuni bilan tabriklab qaytishdi.