Янгиликлар
05
#huquqiy_aksiya
Vohidovlar oilasi farzandlariga tug‘ilganlik guvohnomalari topshirildi
Olmazor tumanining “Ibrohim ota” mahallasida istiqomat qiluvchi oilaning 3 nafar farzandi shu paytgacha tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lmagan.
Ayrim sabablarga ko'ra o‘z vaqtida olinmagan guvohnoma tufayli ushbu bolalar hanuzgacha maktab va bog‘chaga chiqa olishmagan.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi, Olmazor tumani FHDY bo‘limi hamda tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari sayi harakati bilan oilaning 5, 7 va 10 yoshli farzandlariga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar rasmiylashtirilib, uylariga borib topshirildi.