Янгиликлар
24
Xatlovlar natijasida fuqarolar hujjatli bo’lishmoqda
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida mahallalar kesimida tegishli hujjatga ega bo'lmagan shaxslar xatlovdan o'tkazilmoqda.
Xatlov natijasida Bektemir tumani "Chashma" mahallasida istiqomat qiluvchi Аnobar Davronovaning ikki nafar uy sharoitida tug'ilgan farzandlarida tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi yo’qligi aniqlanib, ularga kerakli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, Shayhontoxur tumani “Charx novza”mahallasida yashovchi 84 yoshli Iqlima Siddiqovaga ID karta topshirildi.