Янгиликлар
29
Yo’qolgan guvohnoma qayta tiklandi
Chilonzor tumani “Nafosat” MFYda istiqomat qiluvchi 77 yoshli Surxondaryo viloyatida tug’ilgan Muhabbat To'rayevaning tug’ilganlik haqida guvohnomasi ko'p yillar oldin yo’qolgan bo’lgan.
”Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida 2 -son FHDY bo’limi tomonidan barcha asoslovchi hujjatlar to’planib, onaxonga tug’ilganlik haqidagi dalolatnomasini tiklash yo’li bilan takroriy guvohnoma rasmiylashtirildi.