Янгиликлар
12
Xitoy oilasi farzandlariga guvohnoma berildi
Chilonzor tumani Charx Kamolon MFYda 2019 yildan buyon yashab kelayotgan Xitoy fuqarolarining 2021 yil O‘zbekiston hududida tug‘ilgan qizlari Yunxin va 2022 yil tug‘ilgan Moqi ismli farzandlarida faqatgina tug‘ruq kompleksi tomonidan berilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi ID ma‘lumotnoma bo‘lgan.
Mazkur oilaga o‘z vaqtida huquqiy tushuntirishlar berilmaganligi sababli qizaloqlarga tug‘ilganlik guvohnomalari olinmaganligi ma‘lum bo‘ldi.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Chilonzor tuman 2-son FHDY bo‘limi tomonidan qizaloqlarga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlar to‘planib, muddati o‘tgan tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etildi va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.