Янгиликлар
13
Yoshlarning ekologik bilimlari oshirilmoqda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan “Huquqiy axborot kuni” loyihasi doirasida haftaning har chorshanba kuni aholi gavjum bo’lgan joylar, ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Bugun targ’ibot tadirlari davomida aholi va yoshlar orasida "Fuqarolarning ekologik huquqlari" bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlarning ekologik madaniyatni yanada rivojlantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan qisqa savol-javoblardan iborat bo’lgan viktorinalar ham o’tkazilib, g'oliblarga esdalik sovg'alari topshirildi.