Янгиликлар
14
Biz korrupsiyaga qarshimiz!
Yakkasaroy tumanida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir o’tkazildi. Unda tuman hokimligi, prokuratura, ichki ishlar, adliya xodimlari va bir qator tashkilotlardan mutasaddilar ishtirok etishdi.
Tadbirda so’z olganlar korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash va ularga chek qo'yish bo'yicha salmoqli ishlar olib borilyotganligini takidlashdi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, barcha sohalarda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo'qotish borasida takliflar berildi.