Янгиликлар
15
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati o‘rganilmoqda
Toshkent shahar аdliya bosqarmasi tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni o‘rganib, ularni bartaraf etish yuzasidan joylarda seminarlar tashkil etilmoqda.
O‘tgan yilgi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan 390 895 ta hujjatlarga xulosalar berilgan. Shundan 30 015 ta hujjatlar qonunchilikka zidligi sababli salbiy xulosa berilib, hujjatlardagi kamchiliklar sababli rad qilingan.
Seminarlarda yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashklotlar tomonidan “E-huquqshunos” tizimi orqali yuborilayotgan hujjat loyihalarini rad etilish sabablarini bartaraf etish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.