Янгиликлар
09
“O‘qituvchilarga ehtirom” — huquqiy himoya amalda!
“O‘qituvchilarga ehtirom” — huquqiy himoya amalda!
Adliya vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 25-sentabr - 15-oktabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan, Shayxontohur tumanidagi 102-maktabda pedagog xodimlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir avvalida o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyat hayotida o‘rni beqiyos ekanligi, ularning mashaqqatli mehnati yosh avlod kamolotida poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
Qabul davomida o‘qituvchilarning huquq va manfaatlari bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar o‘rganildi.
Shuningdek, o‘qituvchilarga ta’lim sohasidagi yangiliklar, bugungi kunda o‘qituvchilar uchun belgilangan imtiyoz, subsidiyalar va boshqa yengilliklar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.