Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning mas’uliyatimiz!


Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Uchtepa tumani adliya bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz mas’ulmiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish hamda qonuniylik va halollik tamoyillariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurash — faqat davlat idoralarining emas, balki har bir fuqaroning burchi va mas’uliyatidir.
Zero, halollik va qonuniylik ustuvor bo‘lgan jamiyatgina barqaror taraqqiy etadi.