Янгиликлар
07
“O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul
“O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul
Adliya vazirining tegishli buyrug'iga asosan o‘tkazilayotgan "O‘qituvchilarga ehtirom" huquqiy aksiyasi doirasida pedagog xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda amaliy yechim topish maqsadida Yashnobod tumanidagi 61-maktab binosida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 21 nafar pedagog o‘qituvchilar murojaat qilib, ularning 16 tasi joyida hal etildi va 5 ta murojat tegishli tartibda ko'rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.
Shuningdek, 100 nafarga yaqin pedagog va aholi vakillariga o‘qituvchilarning huquq va qonuniy manfaatlari, ularga berilgan imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar va targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.
O‘qituvchi huquqi — doimo e’tiborda!