Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik — e’tibor markazida


Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan mualliflikni himoya qilish oyligi doirasida Toshkent transport texnikumida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga mualliflik huquqining mazmun-mohiyati, intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish, ilmiy va ijodiy faoliyat natijalaridan qonuniy foydalanish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, plagiat tushunchasi, salbiy oqibatlari, o‘zgalarning fikri va ijodiy ishlaridan foydalanishda manbalarni to‘g‘ri ko‘rsatish hamda akademik halollik tamoyillariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar-trening yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va intellektual mulkka hurmat bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini mustahkamlashga xizmat qildi.