Янгиликлар
16
Yoshlar kuni: Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Yoshlar kuni: Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Toshkent shahrida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.
Yakkasaroy tumani — tuman adliya bo‘limi boshlig‘i E.Askarov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
Mirobod tumani — 328-sonli maktabda “Sening g‘oyang, sening ijoding, sening huquqing” mavzusida intellektual mulk huquqiga bag‘ishlangan ochiq dars tashkil etildi.
Yashnobod tumani — 204-sonli maktabda o'tkazilgan tadbirda diniy ekstremizm, terrorizm tushunchasi hamda huquqiy oqibatlari xususida ma’lumotlar berildi.
Shayxontohur tumani — 132, 324-sonli maktablarda “Sening g‘oyang, sening ijoding, sening huquqing” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.