Янгиликлар
14
Oila – muqaddas dargoh
Oila – muqaddas dargoh
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Shayxontohur tumanida yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi.
Tadbir tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, diniy idora vakillari hamda tuman 1-son FHDY bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari orqali yosh nikohlanuvchilar turmush qurishdan oldin zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda.
Jumladan, ularga tibbiy madaniyat, sog‘lom nasl tarbiyasi, oilaviy munosabatlarda sabr-toqat, mehr-oqibat, hamjihatlikning o‘rni, oilaviy muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish ko‘nikmalari, qonunchilik normalari, farzand tarbiyasi, shuningdek, oila muqaddasligi kabi dolzarb yo‘nalishlarda amaliy tushunchalar berildi. Tadbir yakunida yoshlarga sertifikatlar topshirildi.