Янгиликлар
13.02.2025
KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI
Yunusobod tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Toshkent shahar boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlarga “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, xususan korrupsiya va manfatlar to’qnashuvining kelib chiqishi sabablari, ularning oqibatlari, ushbu holatlar uchun javobgarlikning muqarrarligi va korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvini oldini olish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan o‘z faoliyati davomida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashish, o‘ziga yuklatilgan funksional xizmat vazifalarini qonun talablari asosida bajarish, har qanday noqonuniy harakat javobgarlikka asos bo‘lishi haqida yig‘ilganlarga tushuncha berildi.
13.02.2025
Prezident qarori ijrosi amalda
“2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-1-sonli Prezident qarori ijrosi yuzasidan, Chilonzor tumani IIO FMB hamda Chilonzor tumani Adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 3-sektorda joylashgan MFYlarda qaror ijrosi bo‘yicha tahliliy seminar o‘tkazildi.
Tadbir davomida "mahalla yettiligi” a’zolariga qarorning mazmun-mohiyati tushuntirilib, muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga e’tibor qaratish, mahallalarni xavfsiz hududga aylantirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
12.02.2025
Adliya xodimlari mahallalarda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Mirzo Ulug‘bek tumani adliya bo‘limi tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida “Katta Qorasuv” mahallasida tadbir o'tkazildi.
Tadbirda “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan buklet va flayerlar tarqatildi.
Shuningdek, tadbir davomida sayyor qabul o'tkazilib, aholining huquqiy muammolari o'rganildi.
Tadbir davomida Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan fuqarolar birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bepul davolanishga muhtoj fuqarolarga sanatoriyaga yo’llanmalar bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
12.02.2025
Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi
Boshqarmaning Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi bosh maslahatchisi Maxmudov Zuhriddin Muxammedovich 2025-yilning yanvar oyi uchun oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.
Z.Maxmudov boshqarmada mehnat faoliyatini 2019-yilda Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi bosh maslahatchisi sifatida boshlagan.
2020–2023-yillarda Yashnobod tumani adliya bo‘limi, boshqarmaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi, Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi bosh maslahatchisi, 2023-yildan Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Adliya boshqarmasi jamoasi Z.Maxmudovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.
11.02.2025
Adliya xodimlari aholi murojaatlarini o’rganmoqda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish yuzasidan Yashnobod tumanida joylashgan “Ishga marxamat” monomarkazi binosida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, bola puli, davolanish uchun order, ishga joylashish, kommunal sohalarga oid masalalarda 10 ga yaqin murojaatlar ish yurituviga qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, 12 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 6 ta murojaat bo‘yicha sayyor davlat xizmatlari hamda 2 ta notarial xizmatlar ko‘rsatildi.
11.02.2025
91 yoshli onaxonga tug’ilganlik haqida guvohnoma tiklab berildi
Sergeli tumani “Sohibqiron” mahallasida istiqomat qiluvchi 1934-yilda tug‘ilgan Berdiyeva Soxibjamol notarial xatti-harakatlarini amalga oshira olmaganligi sababli, Sergeli tumani FHDY bo‘limiga murojaat qilgan.
Sergeli tuman FHDY bo‘limi xodimlarining amaliy yordami bilan onaxonning 1934-yilda qayd etilgan tug‘ilganlik haqida guvohnomasi tiklanib, yangi guvohnoma berildi.
10.02.2025
Xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariusning litsenziyasi tugatildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug'i bilan Mirzo Ulug'bek tumanida xususiy notarial amaliyot bilan shug‘ullangan notarius Sabirova Zarina Gulambayevnaga berilgan TN 0182-sonli litsenziyaning amal qilishi va notarius maqomi tugatildi.
08.02.2025
Adliya xodimlari mahallalarda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari tomonidan hafta davomida “Adliya kuni” doirasida aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash maqsadida mahallalarda sayyor qabullar hamda uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbirlar davomida fuqarolarning turli masalalarda murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, tadbir davomida “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan mahallalar aholisiga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi hamda aholini firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish, ularni bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va ularni sodir etish usullari haqida ogoh qilish yuzasidan tayyorlangan infografikalar tarqatildi.
07.02.2025
Prezident qarori ijrosi amalda
“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi, Toshkent shahar adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Oqibat", "Shahrisabz", Yashnobod tumanidagi "Mumtoz", Uchtepa tumanidagi "Bog‘obod" mahallalarida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida ijtimoiy profilaktika tizimini samarali yo‘lga qo‘yish ishlarini izchillik bilan bajarish xususida suhbatlashildi.
Shuningdek, "mahalla yettiligi” a’zolariga qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga e’tibor qaratish, mahallalarni xavfsiz hududga aylantirish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.
07.02.2025
Oila qurish ostonasidagi yoshlarga hayotiy saboqlar berildi
Yangihayot tumani FHDY bo‘limi tomonidan tuman “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”da 10 nafar nikohlanuvchi juftliklar va yosh oilalar uchun navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida mutaxassislar bo‘lg‘usi oila vakillariga oila mustahkamligi, farzandlar tarbiyasi, o‘zaro hurmat va mehr oqibat asosida baxtli turmush kechirish haqida zarur tavsiya va maslahatlar berishdi.
Davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tgan mazkur seminarda yoshlar o‘zlari uchun huquqiy bilim hamda hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Tadbir so‘ngida oila qurish ostonasida turgan yosh juftliklarga sertifikat va o‘quv qo‘llanmalari topshirildi.
Новости 101 - 110 из 996
Начало | Пред. | 9 10 11 12 13 | След. | Конец