Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Bilasizmi? 20.01.2025 Bilasizmi?
To‘rt nafar va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oiladir. Bunda, agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.

Yoshlar muammolari o’rganilib, hal etilmoqda 18.01.2025 Yoshlar muammolari o’rganilib, hal etilmoqda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i Chilonzor tumanida adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda 20 nafarga yaqin qizil, sariq va yashil toifaga kiritilgan yoshlar bilan suhbatlashib, ularning huquqiy va ijtimoiy masalalardagi muammolari tinglandi va hal etish choralari ko‘rildi.

Jumladan, “Naqqoshlik” mahallasida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan Xasanova Maftunaning bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinasi olib berildi.

Sharopov Jaxongir hozirda talaba ekanligi o‘quv kontrakt to‘lovlarini to‘lashda muammoga duch kelayotganini aytdi.
Muammoni o‘rganish jarayonida u bilan yana 2 nafar yoshlarning to‘lov kontraktlari to‘lab berildi.

Bundan tashqari, Xusenova Zilola Bahodir qizi turli xildagi qandolat mahsulotlarini uyda tayyorlab, sotish istagi borligini bildirdi va unga hozirda zarur asbob-uskuna olib berish choralari ko‘rilmoqda.

Xotin-qizlar uchun sayyor qabullar tashkil etilmoqda 18.01.2025 Xotin-qizlar uchun sayyor qabullar tashkil etilmoqda
Poytaxtning Bektemir va Shayxontohur tumanlarida Adliya bo‘limlari va Toshkent shahar hokimligi xotin-qizlar masalalari bo’yicha hokim o’rinbosari  ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazildi.

Qabulda kelgan xotin-qizlarning bandlik va salomatligini tiklash, ularning oilaviy ahvoli yuzasidan  murojaatlari eshitildi.

Har bir murojaat yuzasidan qonuniy tushuntirishlar berib o‘tildi va mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko’rildi hamda mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Adliya xodimlari mahallalarda 17.01.2025 Adliya xodimlari mahallalarda
Poytaxtning Yangihayot tumanidagi “Yangi Darxon” mahallasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda "Adliya kuni" doirasida sayyor qabul tadbiri amalga oshirildi.

Sayyor qabulda 20 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishib, 15 ga yaqin murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek, 5 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi.
Murojaatlar asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, subsidiya olish, ish bilan ta'minlash, ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan bo’ldi.

Yurak xastaligiga chalingan fuqaroga sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi 17.01.2025 Yurak xastaligiga chalingan fuqaroga sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi
Uchtepa tumani, 24-mavzeda istiqomat qiluvchi Jamol Fayziyev 2-guruh nogironi va yurak xastaligidan aziyat chekadi.

Uchtepa tumani  Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan ushbu fuqaro xastaligi sabab markazga bora olmasligini bildirib, yordam so‘ragan.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan ushbu murojaat yuzasidan Jamol Fayziyevning yashash xonadoniga borilib, Elektron raqamli imzo kaliti ochishda sayyor tartibda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mahallalarda aholi murojaatlari o’rganilmoqda 16.01.2025 Mahallalarda aholi murojaatlari o’rganilmoqda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosarlari tomonidan Poytaxtning Sergeli tumanidagi "Sultonobod" MFY hamda Bektemir tumanidagi “Oltintopgan" MFYda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda "Adliya kuni" doirasida sayyor qabul tadbirlari amalga oshirildi.

Sayyor qabullarda 50 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishib, 25 ga yaqin murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi. Shuningdek, 13 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 4 ta murojaat bo'yicha sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Murojaatlar asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, pensiya, kommunal to'lovlar, imtiyozli kredit, meros, uy-joyga subsidiya olish, ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan bo’ldi.

Shundan so‘ng mahallarda “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o'tkazilib, bajarilishi lozim bo‘lgan galdagi
vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Shayxontohur tuman adliya bo'limi xodimlari „Adliya kuni“ tadbiri doirasida  "Chaqar" mahallasida aholi muammolarini o’rganishdi. 16.01.2025 Shayxontohur tuman adliya bo'limi xodimlari „Adliya kuni“ tadbiri doirasida "Chaqar" mahallasida aholi muammolarini o’rganishdi.
Ushbu tadbirda mahalla hududida xodimlar uyma-uy yurgan holda aholi tomonidan ko'tarilayotgan dolzarb masalalarni ko'rib chiqish va hal etish choralarini ko‘rishdi.

Uyma-uy yurish davomida kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, bola puli, davolanish uchun order, ishga joylashish, kommunal sohalarga oid masalalarda 30 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Poytaxtda 15 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi 15.01.2025 Poytaxtda 15 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qarori bilan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to'xtatildi. (https://telegra.ph/Poytaxtda-15-nafar-notariusning-litsenziyasi-vaqtincha-toxtatildi-01-15-3)

Ro'yxat..... (https://telegra.ph/Poytaxtda-15-nafar-notariusning-litsenziyasi-vaqtincha-toxtatildi-01-15-3)

“Davlat sirlari to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi 15.01.2025 “Davlat sirlari to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi
Qonun O'zbekiston manfaatlarini ko'zlab ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.

Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bog'liq boshqa faoliyatni amalga oshirish chog'ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.

Adliya vazirligidan aholiga 100 maslahat 15.01.2025 Adliya vazirligidan aholiga 100 maslahat
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan “Adliya vazirligidan aholiga 100 maslahat” nomli qo‘llanma tayyorlandi hamda “Yurkitob.uz” saytiga joylashtirildi.

Kitob Adliya vazirligining aholi uchun taqdim etgan 100 maslahati asosida tuzilgan bo‘lib, o‘quvchiga huquqiy va amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

Kitobda oila, mehnat munosabatlari, notarial harakatlar, tadbirkorlik, ta’lim, ijtimoiy himoya, sud va boshqa sohalar bo‘yicha foydali maslahatlar mavjud.

Shunigdek, fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar va davlat xizmatlaridan qanday foydalanish mumkinligi haqida ham tushuntirishlar berilgan.

Kitobning asosiy maqsadi fuqarolarni o‘z huquq va majburiyatlari haqida xabardor qilish, turli huquqiy va amaliy masalalarda ularni qo‘llab-quvvatlashdir. Bu kitob nafaqat huquqiy bilimlarni oshirish, balki oʼz hayotini va faoliyatini qonuniy ravishda yuritishni xohlagan har bir fuqaro uchun muhim manba hisoblanadi.


Новости 131 - 140 из 996
Начало | Пред. | 12 13 14 15 16 | След. | Конец