Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Yoshlar bilan uchrashuv 23.01.2024 Yoshlar bilan uchrashuv
Toshkent shahar adliya boshqarmasida Toshkent shahar yuridik texnikumi talabalari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

70 nafardan ortiq talaba yoshlar ishtirok etgan uchrashuvda dastlab boshqarma faoliyati va uning tizimidagi tashkilotlar haqida maʼlumotlar berilib, ushbu sohada ishlamoqchi bo‘lgan yoshlarga batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, Adliya vazirligining bugungi kunda xalqaro hamjamiyatda tutgan o‘rni, boshqa davlatlarning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan solishtirganda erishayotgan tajribalari  haqida ham maʼlumotlar berildi.

Bir so‘z bilan aytganda talaba yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot qizg‘in savol javoblarga ham boy o‘tdi. Ularga avvalo vaqtdan unumli foydalanish, yoshlikda bilim egallash va o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish uchun hozirdan maqsadlari sari dadil odimlash haqida tavsiyalar berildi.

#aholiga_yordam 09.01.2024 #aholiga_yordam
83-yoshli onaxonga  ID-kartasi yetkazib berildi

      Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi  Miyassar Raximjanova pasportining muddati tugayotganligi sababli  ID-kartaga almashtirish uchun tuman davlat xizmatlariga murojaat qilgan edi.

    Onaxonning sog‘ligida biroz o‘zgarishlar bo‘lgani sabab, ID-karta tayyor bo‘lishi bilan markaz xodimlari ularni ovvora qilmaslik va holidan xabar olish uchun ham uylariga borib ID-kartani  o‘z qo‘llariga topshirib qaytishdi.

Adliyaga sayohat: yuz yillik yo‘l 06.01.2024 Adliyaga sayohat: yuz yillik yo‘l

Yoshlar uchun  “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi 06.01.2024 Yoshlar uchun  “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kunlari 03.10.2023 Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kunlari

Rasman test sinovlari 29-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi 25.08.2023 Rasman test sinovlari 29-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi

#Adliya_yangiliklari 27.05.2023 #Adliya_yangiliklari
Poytaxtimizning barcha tuman adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, belgilangan jadval asosida har haftaning shanba kunlari SAYYOR qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Bugungi sayyor qabullar Toshkent shahrining Uchtepa, Yunusobod, Bektemir va Yashnobod tumanlaridagi  “Bog‘obod”, "Quyosh", “1-Charx Kamolon”, “Bo‘z”, “Ma’rifat”, “Uvaysiy”, “Quruvchilar” va “Abay” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabullar davomida, fuqarolarga uy joy sotib olish uchun subsidiya asosida ipoteka kreditini olish tartiblari, my.gov.uz yagona interaktiv portalidan foydalanish tartibi, Mobil-ID tizimining qulayliklari va sanatoriyalarga yo‘llanmalar olish sohasida davlat xizmatlari ko'rsatilishi haqida batafsil tushuntirishlar berilib, fuqarolarga bir qator Davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957

#Adliya_yangiliklari 26.05.2023 #Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

Joriy yilning 26-may kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan Poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan FHDY bo‘limlari xodimlari uchun “FHDY bo'limlarida ish yuritish jarayonida vujudga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish choralari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, sohani rijojlantirishda xodimlarning ish jarayonida kelib chiqayotgan muammolari yuzasidan takliflari eshitildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

#Adliya_yangiliklari 19.05.2023 #Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

Joriy yilning 19-may kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda 2023-yil 1-choragida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari, FHDY organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Hay’at majlisida asosiy e’tibor mavjud xato va kamchiliklar hamda ularning ildizlarini puxta tanqidiy tahlil qilishga, faoliyatdagi muammolarni ochiq-oshkora muhokama qilishga qaratildi.

Xususan, adliya organlari va muassasalari tomonidan aholining murojaatlari bilan ishlash borasida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi, DXM va FHDY organlari faoliyatidagi kamchiliklar va ularni zudlik bilan bartaraf etish lozimligi aytib o‘tildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

#Adliya_yangiliklari 11.05.2023 #Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

"Sug‘diyona" gazetasining 2023-yil 11-maydagi 22-sonida Toshkent shahar adliya boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i A.Isaqovning
"Kadastr pasporti qachon bepul rasmiylashtiriladi?" nomli maqolasi chop etildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz


Новости 141 - 150 из 852
Начало | Пред. | 13 14 15 16 17 | След. | Конец