Янгиликлар
23.12.2024
Yoshlar bilan uchrashuv
Mirzo Ulug‘bek tumani FHDY bolimi va “Madad” NNT xodimlari ishtirokida Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Milliy tadqiqot universiteti“ Yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Yoshlarga jamiyatning huquqiy va tibbiy madaniyatni oshirish, aholi ortasida dolzarb muammolar yechimini o'rganishda huquq ijodkorlarining roli katta ahamiyat kasb etishi haqida tushuntirildi.
Davra suhbatida talabalarga huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlar va yoshlar o‘rtasida “Huquq maktabi” mavzularida ma‘lumotlar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash va xotin-qizlar o'rtasida zo'ravonlikka qarshi kurashish mavzularida ham fikr almashildi.
23.12.2024
FHDY bo’limlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
Toshkent shahar adliya boshqarmasida joriy yilning shu kuniga qadar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, natijalari muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida xizmat ko'rsatish holati ijro va mehnat intizomi talablariga rioya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan xodimlarga tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xodimlar tomonidan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida yosh, yangi ishga kirgan kadrlarni tajribali xodimlarga biriktirish orqali ustoz-shogird an’anasi asosida ishlarni tashkil etish bo’yicha tavsiyalar berildi.
19.12.2024
Adliya xodimlari mahallalarda
Adliya xodimlari tomonidan poytaxtning M.Ulug’bek tumani “Katta oltintepa”, “Navnihol” MFY va Yakkasaroy tumani “Konstitutsiya” mahallalarida “Adliya kuni” tadbirlari doirasida aholi uchun sayyor qabullar o’tkazildi.
Sayyor qabullar davomida tadbirkorlik, meros masalalari, kadastr, uy-joy bilan bog'liq nizoli holatlar hamda davlat tomonidan ipoteka krediti olish uchun ajratiladigan subsidiyalar hamda ijtimoiy yordam kabi turli masalalar yuzasidan aholi murojaatlari qabul qilinib, muammolarni hal etish choralari ko’rildi.
18.12.2024
Bemor ayolning iltimosi asosida kerakli hujjatlar rasmiylashtirib berildi
Mirzo Ulug'bek tumani FHDY bo’limi xodimlari mahallalarda uyma-uy yurib aholi muammolarini o’rganishlari vaqtida 85 yoshli Elisa Мalyutina bir qator Davlat mukofotlari sohibi bo’lgan marhum turmush o'rtog'i Saliyev Murat Kadirovichning o'lim guvohnomasini olish uchun FHDY bo'limiga borish imkoni yo'qligini bildirib, uni olishda amaliy yordam so‘raydi.
„Huquqiy ko'mak" aksiyasi doirasida FHDY xodimlari ayolning turmush o'rtog’i o'lim guvohnomasini rasmiylashtirib, uyiga olib borib topshirishdi.
18.11.2024
Adliya xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda
Adliya vaziri o’rinbosari Xudoyor Meliyev rahbarligida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tumanlardagi xodimlar "Yashil makon" umummilliy loyihasi ya’ni atrof muhitni koʻkalamzorlashtirish, ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, yashil maydonlarni kengaytirish ishlariga o’z hissalarini qo’shishdi.
Loyiha doirasida 20 ta archa, 10 ta chinor, 30 ta yasin, 60 ta pavloniya daraxti ko’chatlari ekildi.
Hududlarda yashil maydonlar sonini oshirishga qaratilgan kuzgi daraxt ekish ishlari davom etmoqda.
18.11.2024
Bayrog’imiz—faxrimiz, g’ururimiz!
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Shayxontohur tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi 320-sonli maktabda yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida "Islohotlarga dahldorman"huquqiy aksiyasi doirasida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida adliya xodimlari oʻquvchilarga davlat bayrogʻining ahamiyati, uning huquqiy asoslari yuzasidan ma’lumotlar berib, millatimiz ramzi bo’lgan bayrog’imiz dunyoning turli nuqtalarida hilpirab turishi har birimizning qalbimizni g’ururga to’ldirishi, undan har bir o’zbek farzandi faxrlanishi haqida yoshlarga so’zlab berishdi.
18.11.2024
Sarbaland bo’l, Vatan bayrog’i!
Ko’hna tarix so’ylaydi bisyor,
Har vatanning dilkash tug’i bor.
El-yurt uchun yalov iftixor,
Dilga yaqin ko’zim qarog’i,
Sarbaland bo’l, Vatan bayrog’i!
16.11.2024
Davlat xizmatlari markazida navbatchilik asosidagi ishlar o’rganildi
Adliya vaziri o’rinbosari Xudoyor Meliyev Shayxontohur tumani davlat xizmatlari markazida bo’lib shanba kuni navbatchilik asosida aholiga davlat xizmatlari ko'rsatilishi bilan tanishdi.
Vazir o’rinbosari jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni hamda sifatini ko‘zdan kechirdi hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish borasida o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.
Shunindek, binolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishildi.
16.11.2024
Adliya vaziri o’rinbosari fuqarolarga ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari bilan tanishdi
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev poytaxtning Yakkasaroy va Yunusobod tuman Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi.
Vazir o’rinbosari tuman adliya organlari ish faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni hamda sifatini ko‘zdan kechirdi.
Shu bilan birga aholiga xizmat ko‘rsatishda imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish borasida o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.
Aholini uyma-uy yurib muammolarini o'rganish bo'yicha berilgan topshiriqlarning ijrosini to'liq ta'minlash, "Adliya kuni" tadbirlarini o'tkazib borish bo'yicha adliya bo'limi mas'ul xodimlariga ko'rsatmalar berildi.
Shunindek, binolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishildi.
15.11.2024
Poytaxtda 4 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qarori bilan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi.
Chilonzor tumani U.Ubaydullayev 1 oy muddatga 15.11.2024-yildan;
Yunusobod tumani M.Norova 1 oy muddatga 14.11.2024-yildan;
Yakkasaroy tumani Sh.Ismailov 1 oy muddatga 13.11.2024-yildan;
Yashnobod tumani E.Mamedova 6 oy muddatga 16.11.2024-yildan;
Новости 151 - 160 из 996
Начало | Пред. | 14 15 16 17 18 | След. | Конец