Янгиликлар
09.05.2023
#Adliya_yangiliklari
????Inson xotirasi barhayotdir!
Bugun 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi ajdodlar ruhini shod etish hamda ularni xotirasiga hurmat ko'rsatish maqsadida poytaxtimizdagi Xotira maydoni va “O‘rtoqlik qabri” yodgorik majmuasiga tashrif buyurdilar.
U yerda Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qoʻyib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
08.05.2023
#Adliya_yangiliklari
#Adliya_faxriylari_eʼzozda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ustoz sifatida o‘z tajribasi va hayot yo‘li bilan barcha xodimlar uchun o‘rnak, tom ma’noda ibrat bo‘la olgan mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi.
Iliq muloqot bilan boshlangan uchrashuvlar davomida faxriylarga ularning oʻtgan yillardagi samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
06.05.2023
#Adliya_yangiliklari
#Adliya_yoshlar_taqdiriga_befarq_emas
Joriy yilning 6-may kuni Shayxontohur tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i D.Tog‘ayev tomonidan tumandagi Charxnovza mahallasidagi yoshlar va ularning yaqinlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, uchrashuv yakunida,
D.Tog‘ayev yoshlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berib o‘tdi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
27.04.2023
#Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
"Sug‘diyona" gazetasining 2023-yil 27-aprel kungi 17-sonida Olmazor tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh.Hosilovaning "Kredit olgandim. Kafilni almashtirish mumkinmi?" nomli maqolasi chop etildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
20.04.2023
#Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
"Darakchi" gazetasining 23-sonida Shayxontohur tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Ch. G‘aniyevaning "Sinf rahbarlari uchun qancha haq to‘lanadi?" nomli maqolasi chop etildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
15.04.2023
#Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
Poytaxtimizning barcha tuman adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, belgilangan jadval asosida har haftaning shanba kunlari SAYYOR qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugungi sayyor qabul Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Muxtor Ashrafiy” MFYda, Mirobod tumanidagi “Qorasuv” MFYda, Yakkasaroy tumanidagi "To'qimachi" MFYda va Shayxontohur tumanidagi “Xadra” MFYda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabullar davomida, my.gov.uz yagona interaktiv portalidan foydalanish tartibi, Mobil-ID tizimining qulayliklari, uy-joy, kommunal xizmat ko'rsatish va sanatoriyalarga yo‘llanmalar olish sohasida davlat xizmatlari ko'rsatilishi haqida batafsil tushuntirishlar berilib, fuqarolarga bir qator Davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
11.04.2023
#Adliya_yangiliklari
#Konstitutsiyaviy_islohotlar
Mirobod tumani hokimligi binosida tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tumandagi Yoshlar yetakchilari uchun o'quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda Mirobod tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti А.Berdiyev tomonidan mamlakatimizda o‘tkazilishi kutilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar, umumxalq referendumi va uni o‘tkazish tartibi mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimot davomida Yoshlar yetakchilarining mazkur mavzuga doir berilgan savollari ham atroflicha muhokama qilindi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
09.04.2023
Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
Adliya vazirligi tomonidan "Olmos" konvension markazida seminar trening tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi,viloyatlar va Toshkent shahar adliya organlarida faoliyat yuritadigan soha vakillari, 100 ga yaqin jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Seminar ayollarni huquqlarini himoya qilish, gender tenglik, tazyiq va zo'ravonlikni oldini olish mavzusida o'tkazildi.
Tadbir davomida Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan jurnalistik material tayyorlashda huquqiy manbalardan to'g'ri va samarali foydalanish, huquq sohasida mavjud online platformalar to'g'risida ma'lumotlar berib o'tildi, hamda seminarda faol ishtirok etkan ishtirokchichilarga sertifikatlar topshirildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
06.04.2023
Adliya_yangiliklari
#HUQUQIY_AKSIYA
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan mahalliy davlat hokimiyat organlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Shayxontohur tumanida joylashgan “Navro‘z” bog‘ida “Konstitutsiya–kelajagimiz kafolati” shiori ostida HUQUQIY AKSIYA o‘tkazilmoqda.
Aksiya doirasida:
– konstitutsiyaviy islohotlar to'g'risida fuqarolarga tushuntirishlar berildi;
– referendumga qatnashish tartibi va referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati keng aholiga yetkazildi;
– bepul huquqiy maslahatlar berildi;
– davlat xizmatlari ko‘rsatildi;
– sayyor qabullar tashkil qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlar o‘rtasida viktorina va test savollari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblarga Toshkent shahar adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
01.04.2023
Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
Poytaxtimizning barcha tuman adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, belgilangan jadval asosida har haftaning shanba kunlari SAYYOR qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugungi sayyor qabul Toshkent shahrining Mirobod tumani “Oltinko‘l” MFY va Yangihayot tumani “Yangihayot” MFY da ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabullar davomida, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatida amalga oshirilayotgan yangiliklar, yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, my.gov.uz yagona interaktiv portalidan foydalanish tartibi va Mobil-ID tizimining qulayliklari, uy-joy, kommunal xizmat ko'rsatish sohasida davlat xizmatlari ko'rsatilishi haqida batafsil tushuntirishlar berilib, fuqarolarga bir qator Davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
Новости 151 - 160 из 852
Начало | Пред. | 14 15 16 17 18 | След. | Конец