Янгиликлар
13.11.2024
Adliya xodimlari mahallalarda
Poytaxtning M.Ulug’bek tumani „Katta yalang‘och" MFYda tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi hamda „Madad“ NNT xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayor qabulda 30 nafar fuqarolar ishtirok etishdi. Ularning murojaatlari tinglanib, joyida hal etish choralari ko‘rildi. Murojaatlar asosan meros masalasi, uy-joyning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ajrim va pasport masalalari yuzasidan bo’ldi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarga shu joyda davlat xizmatlari ham ko’rsatilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
13.11.2024
Noyabr oyi — "Energetika xavfsizligi oyligi"
Oylik doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
Yoqilg'i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish;
Yoqilg'i-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish;
Aholi orasida tezkor — profilaktik va huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazish.
13.11.2024
Adliya xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda
Sergeli tuman adliya bo'limi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi ya’ni atrof muhitni koʻkalamzorlashtirish, ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, yashil maydonlarni kengaytirish ishlariga o’z hissalarini qo’shishmoqda.
Loyiha doirasida tumanning "Qo'shqo'rg'on" mahallasi hududiga adliya xodimlari tomonidan 350 ta manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Hududlarda yashil maydonlar soni oshirishga qaratilgan kuzgi daraxt ekish ishlari davom etmoqda.
12.11.2024
77 yoshli onaxonga sayyor davlat xizmati asosida elektron kalit berildi
M.Ulug‘bek tumani „Oloy“ mavzesida istiqomat qiluvchi Sanobarxon Marupova Davlat xizmatlari markaziga qo‘ng‘iroq qilib, xorijga davolanish uchun ketayotgani va elektron kalit olishi zarurligi haqida murojaat qilgan.
Ammo onaxon sog‘lig‘idagi muammolar sabab markaziga bora olmasligini bildirgan. Onaxonning iltimosiga ko‘ra markaz xodimlari ularning uyiga sayyor davlat xizmatlarini tashkil etishdi.
77 yoshli fuqaroga o‘z uyida elektron kalit rasmiylashtirib berildi. Eslatib o‘tamiz nogironligi bor va keksa fuqarolar uchun Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
08.11.2024
Adliya xodimlari aholi muammolarini o'rganishmoqda
Poytaxtning M.Ulug’bek tumani „Bahor" MFYda Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda "Adliya kuni" doirasida sayyor qabul hamda uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.
Sayor qabulda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ulardan 10 dan ortiq arizalar qabul qilindi. Murojaatlar asosan pensiya masalasi, uy-joyning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bolani bog‘chaga joylashtirish va uy-joyga subsidiya olish masalalari yuzasidan bo’ldi.
Murojaatlarning 6 tasiga sayyor qabul paytida huquqiy tushuntirish berilib, muammoni joyida hal qilish choralari ko‘rildi. Qolgan murojaatlar ish yurituviga olinib, hal qilish choralari ko’rilmoqda.
Shuningdek, tadbir davomida tumanning "Xo'ja-uchqun" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo'lmagan Kurganboyevlar oilasining huquqiy masaladagi muammosi hal etildi.
08.11.2024
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz
Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakov 4—7-noyabr kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahardagi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.
Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.
07.11.2024
Nikoh ostonasidagi yoshlar o’qitilmoqda
Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi FHDY boʻlimi bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markazida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Unda yosh oila quruvchilarga oilani mustahkamlash masalasida huquqiy, tibbiy, diniy, ma’naviy va psixologik darslar o‘tildi. Oilaviy ajrimlarni oldini olish, sog‘lom ma‘naviy-ahloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida ham suhbatlar olib borildi.
O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 60 nafar juftlikka sertifikatlar topshirildi.
05.11.2024
Bo'lajak kelin-kuyovlar uchun o'quv-seminar tashkil etildi
Yangihayot tumani "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi"da 10 nafar nikohlanuvchi juftliklar va yosh oilalar uchun navbatdagi o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.
Davra suhbati tarzida bo'lib o'tgan mazkur seminarda yoshlar o‘zlari uchun huquqiy bilim hamda hayotiy ko'nikmalarga ega bo‘lishdi. Sababi, markazning malakali o'qituvchilari oila mustahkamligi, farzandlar tarbiyasi, o‘zaro hurmat va mehr oqibat asosida baxtli turmush kechirish haqida zarur tavsiya va maslahatlar berishdi.
Tadbir so‘ngida oila qurish ostonasida turgan yosh juftliklarga sertifikat va o'quv qo'llanmalar topshirildi.
04.11.2024
Tadbirkorlarga huquqiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul
Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mas'ullari tomonidan Toshkent shahrida tadbirkorlar va hunarmandlarga oʻz intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish hamda ularni himoya qilish masalalari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.
Uchrashuv davomida xodimlar tomonidan ishtirokchilarning savollariga javob berish barobarida intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishning afzalliklari, ularning himoyasi hamda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mas’ullar poytaxtdagi sanoat zonasida ham bo’lishib, tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan tanishdi. Ularning muammolari o‘rganilib, xodimlar tomonidan ayrim tadbirkorlarga o‘z intellektual mulk obyektlariga nisbatan muhofaza hujjat olish bo‘yicha talabnomalarni elektron tarzda topshirishlariga ko‘mak berildi.
01.11.2024
AKT xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi majlislar zalida davlat xizmatlari markazlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha masʼul xodimlarga, boshqarmaning raqamlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchisi tomonidan “Axborot hamda kommunikatsiya tizimlarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish” bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida AKT xodimlariga zamonaviy texnologiyalar, tarmoq tizimlari va undagi yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Новости 161 - 170 из 996
Начало | Пред. | 15 16 17 18 19 | След. | Конец