Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Adliya_yangiliklari 30.03.2023 Adliya_yangiliklari
Xabaringiz bor, 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilgan haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirishning oxirgi muddati 31-mart etib belgilangan.

Shu munosabat bilan, poytaxtimizdagi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan mehnat qonunchiligiga qat'iy rioya etilgan holda, fuqarolarning o‘z vaqtida haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirishlarida qo‘shimcha qulayliklar yaratilib, ish vaqtidan tashqari vaqtda ham “so‘nggi mijozgacha” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahridagi DXMlarga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun tashrif buyurgan ro‘zador fuqarolarga iftorlik qilish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

Adliya_yangiliklari 27.03.2023 Adliya_yangiliklari
#Konstitutsiyaviy_islohotlar

✅ Sergeli tumani hokimligi binosida tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimi tomonidan mahalladagi xotin-qizlar faollari uchun o'quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda Sergeli tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Dadajonov tomonidan mamlakatimizda o‘tkazilishi kutilayotgan umumxalq referendumi va uni o‘tkazish tartibi mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimot davomida xotin-qizlar faollarining mazkur mavzuga doir berilgan savollari ham atroflicha muhokama qilindi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

Adliya_yangiliklari 25.03.2023 Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

Poytaxtimizning barcha tuman adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, belgilangan jadval asosida har haftaning shanba kunlari SAYYOR qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 25-mart kungi sayyor qabullar Toshkent shahridagi “Gulbog‘” va “Miskin” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabullar davomida, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatida amalga oshirilayotgan yangiliklar, yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Mobil-ID tizimining qulayliklari, uy-joy, kommunal xizmat ko'rsatish sohasida davlat xizmatlari ko'rsatilishi haqida batafsil tushuntirishlar berilib, fuqarolarga bir qator Davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

Adliya_yangiliklari 19.03.2023 Adliya_yangiliklari
Adliya_yangiliklari

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-270-son Farmoniga asosan 18 - 22-mart kunlari dam olish kunlari etib belgilangan.

Shunga qaramasdan, bugun ham poytaxtimizdagi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda fuqarolarning dam olish kunlaridan unumli foydalanishlari maqsadida eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish bo‘yicha Davlat xizmati ko‘rsatilishi davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlarida (Bektemir, Yangihayot, Yakkasaroy tumanlaridan tashqari) 18, 19, 20 va 22-mart kunlari ham eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish bo‘yicha Davlat xizmati ko‘rsatiladi.

2010-yilgacha berilgan haydovchilik guvohnomalarini almashtirishning oxirgi muddati – 2023-yil 31-mart

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

Adliya_yangiliklari 18.03.2023 Adliya_yangiliklari
#Adliyada_hashar

Mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod va fayzli mahalla - yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkazilayotgani insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalari, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga dahldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashi shubhasizdir.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tizim xodimlari ham mazkur hаmjihаtlik vа ezgulik tаdbirida faol ishtirok qilishmoqda

Hashar — elimizga yarashadigan yumush, qadriyatlardan biridir. Shu bois bunday xayrli amallardan Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tizimdagi hech bir xodim chetda qolgani yoʻq.

Umumxalq hayriya hashari ko'tarinki ruhda davom etmoqda

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

Adliya_yangiliklari 13.03.2023 Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

Toshkent shahar adliya boshqarmasida joriy yilning 13-mart kuni tuman adliya tizimida faoliyat yuritib kelayotgan Davlat xizmatlari markazlari va FXDY organlari xodimlariga korrupsiya alomatlarini oldini olish masalasida o'quv seminari tashkil etildi. Mazkur seminarida boshqarmaning mas’ul xodimlari hamda soha mutahassislari ishtirok etdi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

Adliya_yangiliklari 13.03.2023 Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman adliya bo‘limlari tomonidan mahallalarda “Biz gender zo‘ravonlikka qarshimiz” nomi ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Jumladan, Sergeli tuman adliya bo‘limi tomonidan “Saxovat”, “O‘zgarish”, “Keng makon” “Habibiy”, “Ziynat”, “Sohibqiron” MFY binolarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, ushbu tadbirlar davomida ayollarga gender zo‘ravonlik yuzasidan tushunchalar berildi hamda tumandagi faol xotin-qizlarga Toshkent shahar adliya boshqarmasi nomidan  “Ayollarga huquqiy madad” nomli kitobi esdalik sovg‘a sifatida tarqatildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

Adliya_yangiliklari 07.03.2023 Adliya_yangiliklari
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga ehtirom koʼrsatildi.

Bayram shukuhi Toshkent shahrining barcha tuman adliya bo'limlari, Davlat xizmatlari markazlari, Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari va FHDY organlarida ham ko'tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbirlar davomida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha dilbar ayol xodimalarning mehnatlari yana bir bor e'zozlanib ularga esdalik sovgʼalari topshirildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

Adliya_yangiliklari 07.03.2023 Adliya_yangiliklari
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga ehtirom koʼrsatildi

Opa-singillarimizga tengsiz latofat va nafosat sohibalari, deya taʼrif beramiz. Ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtalari sifatida eʼzozu ehtirom koʼrsatamiz.

Tabiat chiroy ochib borayotgan mana shunday shukuhli kunlarda boshqarma tizimda mehnat qilib kelayotgan dilbar va munis xodimalarni 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutlash uchun Toshkent shahar adliya boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari R.Xamidov ishtirok qilib, bayram munosabati bilan barcha ayol xodimalarga tabrik yo'lladi.

Bayram tadbiri soʼngida boshqarma tizimidagi xotin-qizlarga esdalik sovgʼalari topshirildi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz

Adliya_yangiliklari 27.02.2023 Adliya_yangiliklari
#Vorislik_huquqi_aksiya

✅ Mirzo Ulug‘bek tuman adliya bo‘limi, O‘zbekiston Respublika notarial palatasi va notariuslar tomonidan “Merosni ochish va rasmiylachtirish tartibi, vasiyatnoma rasmiylashtirishning afzalliklari, vorislikning turlari” mavzusida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 208-sonli umumta’lim maktabida seminar tashkil etildi.

???? Ushbu tadbirda tumandagi mahalla faollari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Mirzo Ulug‘bek tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi A.Berdiyev tomonidan huquqiy tushuntirishlar olishdi.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz


Новости 161 - 170 из 852
Начало | Пред. | 15 16 17 18 19 | След. | Конец