Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Adliya xodimlari mahallalarda 17.04.2025 Adliya xodimlari mahallalarda
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Prezident Farmoni doirasida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani “Geofizika” mahallasida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul va uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida huquqiy muammolar bo‘yicha aholining murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi va ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, “Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi 194-son qarori ijrosi yuzasidan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

30 yillik turmush qonuniylashtirildi 17.04.2025 30 yillik turmush qonuniylashtirildi
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari hal etilmoqda.

Xususan, huquqiy aksiya doirasida Uchtepa tumani FHDY bo'limi tomonidan ayrim sabablarga ko'ra qonuniy nikohdan o‘tmay 30 yildan buyon bir oila bo‘lib yashab kelayotgan Bekovlar oilasining nikohi qonuniy qayd etilishi bilan bir vaqtda ikki nafar voyaga yetgan farzandlariga ham otalik belgilanib, tug’ilganlik va nikoh guvohnomalari topshirildi.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi davom etmoqda

Oila - saodat maskani 16.04.2025 Oila - saodat maskani
Uchtepa tumanida yangi hayotga qadam qo'yish maqsadida ariza taqdim etgan nikohlanuvchi yoshlar ishtirokida “Baxtli oila sirlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda nikohlanuvchi yoshlarga huquqiy, tubbiy-psixologik bilim bilan bir qatorda oilada erkak va ayollarning mas'uliyati, vazifalari haqida tushunchalar ham berildi. Oila mustahkamligi, oilaviy nizolarni oldini olish, sog'lom oila qurish va sog'lom farzandlarni tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish, oilaning mustahkam qo'rg'onga aylantirish uchun oila a'zolarining bir-biriga hurmati, muomala madaniyati haqida suhbatlashildi.

Shuningdek, tadbir davomida nikohlanuvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Seminar yakunida yigirma nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash 14.04.2025 Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash
“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-son qaror ijrosi yuzasidan Olmazor, Chilonzor va Uchtepa tumanlari xotin-qizlar bo'yicha hokim o'rinbosarlari hamda “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

“HAMROH” tadbirkor ayollarni qo'llab-quvvatlash dasturi doirasida 2025-yil 1-maydan:
•  xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo'lga qo'yishga ko'maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so'mgacha grant ajratish yo'lga qo'yiladi;
•  ijobiy kredit tarixiga ega bo'lgan xotin-qizlarga 100 mln so'mgacha garovsiz kredit ajratiladi;
• ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yo'lga qo'yiladi.

Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilmoqda 14.04.2025 Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilmoqda
"Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risidagi" Prezident qarori ijrosi yuzasidan, Yakkasaroy tumanida ajrim yoqasiga kelib qolgan, nizoli oilalar bilan muhokama yig'ilishi o'tkazildi.

Muhokamalar jarayonida mutaxassislar tomonidan oila vakillari bilan o'zaro suhbatlar o'tkazilib, oila muqaddasligi, uni saqlash har birimizning vazifamiz ekanligi haqida atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunday tashabbuslar nafaqat alohida oilalar tinchligini tiklash, balki mahalla va jamiyatda sog'lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Oilaviy totuvlik – barqarorlik, mehr-oqibat va farovon hayotning asosidir.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi katta hududlarni egallamoqda 12.04.2025 “Yashil makon” umummilliy loyihasi katta hududlarni egallamoqda
Bugun Poytaxtning Bektemir tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent shahar hokimligi va Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, shu jumladan Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan ko’chat ekish ishlari amalga oshirildi.

Hududlarni ko’kalamzorlashtirish va eko tizimni tiklash borasida amalga oshirilayotgan xayrli tashabbus doirasida 4 gektarli maydonga 1350 dan ortiq manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.

Bunday keng ko‘lamli tashabbuslarning amalga oshirilishi natijasida, hududlardagi yashil maydonlar kengayib, ekologik vaziyat yaxshilanib boradi.

Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash 11.04.2025 Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash
“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-son qaror ijrosi yuzasidan Sergeli, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlari xotin-qizlar bo'yicha hokim o'rinbosarlari hamda “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Yangihayot tuman adliya bo'limi boshlig'i Zuxrobbek Toshtemirov tomonidan qarorning mazmun-mohiyati haqida batafsil huquqiy tushuntirish berildi.

Qarorga ko'ra, 2025-yilda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
•2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta'minlash;
•250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish;
•250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish;
•50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog'lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha motivatsion seminarlar tashkil etish.

“Adliya kuni” doirasida sayyor qabullar 11.04.2025 “Adliya kuni” doirasida sayyor qabullar
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Prezident Farmoni doirasida, Bektemir tumani “Iyk ota”, Mirobod tumani “Sharof Rashidov”, Sergeli tumani “Ko‘hna Qumariq”, Uchtepa tumani “Istirohat”, Shayxontohur tumani “Chorsu”, Yangihayot tumani “Choshtepa” mahallalarida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabullar va uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida huquqiy muammolar bo‘yicha aholining murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi va ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, “Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi 194-son qarori ijrosi yuzasidan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Yoshlar bilan uchrashuv 11.04.2025 Yoshlar bilan uchrashuv
Adliya organlariga biriktirilgan yoshlar bilan alohida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlariga poytaxtning 60 ta mahallasidan, jami 85 ta yoshlar biriktirilgan bo‘lib, ularga har tomonlama ko‘maklashilmoqda.

Adliya boshqarmasi va Chilonzor tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 9-10-aprel kunlari tumanda istiqomat qiluvchi biriktirilgan yoshlar bilan uchrashilib, ularning ish faoliyati va muammolari o‘rganildi.

Shuningdek, Shayxontohur, Uchtepa, Yashnobod va Yunusobod tumani adliya boʻlimlari tomonidan ham biriktirilgan yoshlar bilan uchrashilib, muammolari tinglandi va hal etish choralari belgilandi.

Bunday muloqotlar yoshlarga ishonch, motivatsiya va hayotda o‘z o‘rnini topishga kuch bag‘ishlaydi.

Adliya xodimlari mahallalarda 09.04.2025 Adliya xodimlari mahallalarda
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha Yangihayot tumanidagi “Xo‘ja Uchqun” hamda Yashnobod tumanidagi “Besh bola” mahallalarida tuman adliya bo‘limlari tomonidan “Adliya kuni” doirasida targ‘ibot tadbiri va sayyor qabullar o‘tkazildi.

Tadbir davomida aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar bo'yicha murojaatlar tinglanib, tushuntirishlar berildi hamda murojaatlar tuman adliya bo'limlari ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida “Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi Vazirlar Mahkamasining 194-son qarori mazmuni-mohiyati ham tushuntirildi.


Новости 181 - 190 из 1193
Начало | Пред. | 17 18 19 20 21 | След. | Конец