Янгиликлар
04.10.2024
Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat soati” o'tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 yanvardagi "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun mohiyati hamda bugungi kunda mazkur qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
02.10.2024
Nikoh ostonasidagi yoshlar uchun seminarlar tashkil etilmoqda
Poytaxtning Mirzo Ulug'bek tumani FHDY bo'limi, Oila va xotin-qizlar bo'limi, oilaviy psixolog, diniy idora vakillari ishtrokida nikohlanuvchi yoshlar bilan "Baxtli oila sirlari" mavzusida seminar otkazildi.
Ushbu seminarda nikohlanuvchi yoshlarga huquqiy, tibbiy, psixologik bilimlar bilan bir qatorda oila mustahkamligi, oilaviy nizolarni oldini olish, sog'lom oila qurish va sog'lom farzandlarni dunyoga keltirib ularni yurtimizga munosib farzandlar sifatida tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish kabi mavzularda darslar o’tildi.
Nikohlanuvchi yoshlarni qiziqtirgan ko’plab savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Seminar yakunida yigirmadan ortiq tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
01.10.2024
1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni!
Toshkent shahar adliya boshqarmasi yurtimizdagi barcha ustozlar va murabbiylarni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etadi!
30.09.2024
O‘quvchilar uchun ochiq dars tashkil etildi
Poytaxtning Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazida Toshkent shahar yuridik texnikumi 1 va 2 bosqich o‘quvchilari uchun ko‘rgazmali darslar tashkil etildi.
O‘quvchilar bu yerda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartiblari hamda yuridik shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mavzusidagi amaliy darslarda ishtirok etishdi.
Sayyor dars davomida elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti va aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi bir qator yangiliklar bilan yaqindan tanishishdi. Bundan tashqari o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga ham javob olishdi.
27.09.2024
Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat soati” o'tkazildi.
Tadbir avvalida Inson resurslari sho‘basi boshlig'i Adham Isakov yig’ilganlarni boshqarma boshlig‘ining xodimlarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi yangi buyruqlari bilan tanishtirdi.
Shuningdek, Huquqiy axborot sho‘basi boshlig'i Mahliyo Turdiyeva o‘tgan hafta davomida qabul qilingan muhim va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar va yangiliklarni tadbir ishtirokchilariga birma bir tanishtirib o‘tdi.
27.09.2024
Yoshlar uchun „Ochiq eshiklar kuni”
Uchtepa tumani FHDY bo‘limida Toshkent shahar yuridik texnikumi o’quvchilari uchun „Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
O‘quvchilar FHDY idoralarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, nikohni qayd etish, nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanishi, davlat tomonidan oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratilayotganligi to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lishdi.
Tadbirda o‘quvchi yoshlarga har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog‘liq ekanligi, oilaning muqaddasligi sabab, bu qadriyatlar Konstitutsiyamizga alohida bob qilib kiritilganligi haqida ham aytib o‘tildi.
Ushbu tashrif mobaynida o’quvchilar o’zlari tanlagan kasblariga bo’lgan qiziqishlari yanada ortdi va ko’plab savollariga soha egalaridan atroflicha javoblar olishdi.
27.09.2024
Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning o‘z brendini yaratish bo‘yicha tushuncha va ko‘nikmalari oshirildi
Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Investisiyalar sanoat va savdo boshqarmasi hamkorligida Toshkent shahar hokimligi binosida xalqaro brend menejerlar va mahalliy ilg‘or tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur davra suhbatida “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 7-avgustdagi Prezident qarorining mazmun-mohiyati, ushbu qaror bilan nufuzli xalqaro brendlar va milliy brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalariga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va yangiliklar haqida yig’ilganlarga ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida mahalliy ilg‘or tadbirkorlar o‘zlarining muvaffaqiyatli brend yaratish tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
26.09.2024
Poytaxtda 9 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qarori bilan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi.
Yakkasaroy tumani S.Zoirova 1 oy muddatga 01.10.2024-yildan;
Chilonzor tumani R.Ermanova 1 oy muddatga 01.10.2024-yildan;
Shayxontohur tumani T.Usmanov 1 oy muddatga 24.09.2024-yildan;
Uchtepa tumani Sh.Xudayberdiyeva 1 oy muddatga 01.10.2024-yildan;
Sergeli tumani A.Zayniddinov 1 oy muddatga 01.10.2024-yildan;
Sergeli tumani A.Nurmamatov 1 oy muddatga 01.10.2024-yildan;
Sergeli tumani K.Xatamov 15 kun muddatga 01.10.2024-yildan;
Mirzo Ulug‘bek tumani Z.Abdalimova 15 kun muddatga 01.10.2024-yildan;
Shayxontohur tumani N.Karimova 15 kun muddatga 01.10.2024-yildan.
25.09.2024
Mahallalarda „Adliya kuni"
Bektemir tuman adliya bo'limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY xodimlari tomonidan tumanning "Ustozlar" mahallasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda sayyor qabul o'tkazildi.
Tadbir davomida mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning turli mavzudagi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Ularning murojaatlari yuzasidan joyida tegishli davlat tashkilotlari bilan birgalikda hal etish choralari ko’rildi. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy muammolari bo’yicha ham tegishli maslahatlar berildi.
25.09.2024
Nikoh ostonasidagi yoshlarga oila muqaddasligi tushintirilmoqda
Yakkasaroy tumandagi 1-sonli FHDY boʻlimida Oila va xotin-qizlar bo’limi bilan hamkorlikda yosh oila quruvchilar uchun „Oila muqaddas” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.
Seminar-trening tarzida tashkil etilgan o‘quv jarayonlarida yoshlarga mutaxassislar tomonidan oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish, erta ajrimlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berishdi.
Tadbir yakunida bir guruh yosh oilalarga sertifikatlar topshirildi.
Новости 191 - 200 из 996
Начало | Пред. | 18 19 20 21 22 | След. | Конец