Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Toshkent shahridagi masjidlar soni yana ikkitaga ko'paydi 05.07.2022 Toshkent shahridagi masjidlar soni yana ikkitaga ko'paydi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 27-avgustdagi SQ-379-IV-son qarori bilan Toshkent viloyatining bir qator aholi punktlari Toshkent shahriga o‘tkazilganligi munosabati bilan muqaddam Toshkent viloyat adliya boshqarmasidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Berdiyor ota” hamda “Dorul Islom” jome masjidlarining yuridik manzili o‘zgartirilgan.

Shu munosabat bilan, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq “Berdiyor ota” va “Dorul Islom” jome masjidlari  2022-yil 4-iyul kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasidan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ma'lumot uchun bugungi kunda poytaxtimizda ularning soni 127 ta tashkil etmoqda.

Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlarida bepul Wi-Fi zonalari tashkil etildi 30.06.2022 Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlarida bepul Wi-Fi zonalari tashkil etildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat bilan kelayotgan fuqaro va tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida ko‘plab tashabbuslarga qo‘l urilmoqda. 
Birgina misol, Poytaxtimizda joylashgan Davlat xizmatlari markazlarga tashrif buyuruvchilar uchun salomatlik burchaklari, investorlar xonasi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchaklari tashkil etilgan.

Endilikda ushbu afzalliklar qatoriga bepul Wi-Fi zonalari ham qo‘shildi.  Ya’ni, Toshkent shaharidagi 7 ta tuman, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor, Yashnobod, Uchtepa, Yakkasaroy hamda Yangihayot Davlat xizmatlari markazlariga murojaat bilan kelgan har bir fuqaro  bepul Wi-Fi tarmog‘idan ham foydalanishlari mumkin.

Hurmatli jurnalistlar! 27.06.2022 Hurmatli jurnalistlar!
Sizni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

E'tirof etish joiz, Sizlarning fidokorona mehnatingiz, haqiqatni so‘zlashdagi jasoratingiz mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Bundan keyingi faoliyatingiz ham ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo‘lishiga tilakdoshmiz. Sizga sihat-salomatlik, xonadoningizga fayz-u baraka tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi

Start berilgan “Yangi nafas” marafonidan fotolavhalar ... 26.06.2022 Start berilgan “Yangi nafas” marafonidan fotolavhalar ...
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Biz birgamiz!”   ijtimoiy loyihasi doirasida O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi  bilan  hamkorlikda “Yangi nafas” shiori ostida marafon o‘tkazilmoqda.

Ushbu marafonga nogironligi bo‘lgan shaxslar keng jalb qilinib,  ular maxsus nominasiyalarda taqdirlanadi.

Eslatma:Marafon 2022 yil 26 iyun soat  07:00 da Farg‘ona, Namangan, Chirchiq, Guliston, Jizzax, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar hokimligida "Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi - xalqdir" shiori ostida targ'ibot tadbiri o'tkazildi 25.06.2022 Toshkent shahar hokimligida "Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi - xalqdir" shiori ostida targ'ibot tadbiri o'tkazildi
Tadbirda Toshkent shahar hokimligi hamda davlat organlari va tashkilotlari mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Omonov tomonidan 2022-yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi bilan bog'liq katta siyosiy voqea bo'lib o'tishi, referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o'zi ishtirok etishi orqali o'z siyosiy irodasini namoyon qilishi hamda referendum o'tkazish tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Toshkent shahridagi tashkilotlarni “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulash bo‘yicha o'quv-seminar tashkil etildi 24.06.2022 Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Toshkent shahridagi tashkilotlarni “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulash bo‘yicha o'quv-seminar tashkil etildi
Ushbu o'quv-seminarda  Adliya vazirligi bo'lim boshlig'i I.Jo'rayev, Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Omonov, Unicon-Soft MCHJ direktori o'rinbosari U.Usmonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ–173-son qarorida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan xizmat koʻrsatilishi nazarda tutilgan davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, oila va xotin-qizlar, maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi bo'limlari  hamda tuman tibbiyot birlashmasi mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

O'quv-seminar doirasida yuridik xizmat ximzat koʻrsatilishi lozim boʻlgan tashkilotlar rahbarlari va xodimlariga “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish tartibi tushuntirildi.

Hurmatli fuqarolar! 21.06.2022 Hurmatli fuqarolar!
❗️Agarda Siz notaruis yoki notarial idora xodimlarining xatti-harakatlarini noqonuniy deb hisoblasangiz Toshkent shahar adliya boshqarmasining notariat sohasiga mas'ul (71-203-60-14) bo'limi bilan bog'lanishingiz mumkin.
✅Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 1008  “Ishonch telefoni” orqali murojaat va takliflaringizni bildirishingiz mumkin.

Tadbirkorlarga trening o'tkazildi 18.06.2022 Tadbirkorlarga trening o'tkazildi
Joriy yilning 18-iyun kuni Yuridik kovorking markazida "Tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yhatdan o‘tkazish, qayta ro‘yhatdan o‘tkazish va tugatish" mavzusi bo‘yicha trening mashg‘uloti bo'lib o'tdi.

Ushbu treningda Olmazor tumani Davlat xizmatlari markazi direktori F.Djumatov va bo'lim boshlig'i E.Dilmurodovlar tomonidan ishtirokchilarga tadbirkorlik sub’yektlarini Davlat xizmatlari markaziga bormasdan, masofadan turib elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Asosiy maqsad — jinoyatchilikning oldini olish 18.06.2022 Asosiy maqsad — jinoyatchilikning oldini olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Ushbu tadbirda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Omonov, Chilonzor tumani adliya bo'limi boshlig'i Sh.Sattarov hamda Yuridik xizmatlarni ko'rsatish markazi boshlig'i A.Urunov hamda Chilonzor tumanidagi  yoshlar etakchilari hamda profilaktik hisobda turgan yoshlar ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda boshqarma boshlig'i o'rinbosari A.Omonov so'nggi paytlarda yoshlar o'rasida eng ko'p sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, shuningdek o'g'irlik, bosqinchilik kabi jinoyatlar ham ommalashganini ta'kidlab, mahallalardagi yoshlar yetakchilarini jinoyatchilikka va huqubuzarlikka qarshi kurashish hamda yoshlar orasida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish borasida hamkorlikka chaqirdi.

Shuningdek, jinoyat koʻchasiga kirib qolgan va profilaktik hisobda turgan yoshlar bilan profilaktik-suhbat o’tkazildi. 
O‘z navbarida, suhbat davomida yoshlardan qator takliflar ilgari surilib, savollariga huquqiy javoblar olishdi.

Shuningdek, tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida korrupsiya, terrorizm hamda chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi haqida ham to'xtalib o'tildi.

“Men ham ishga kiraman” aksiyasi doirasida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi 15.06.2022 “Men ham ishga kiraman” aksiyasi doirasida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi
Joriy yilning 15-iyun kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Omonov, bo'lim boshlig'i J.Xudoyorov,  Olmazor tuman adliya boʼlimi va universitet talabalari ishtirokida “Men ham ishga kiraman” aksiyasi oʼtkazildi. 

Tadbirda davomida ishga joylashishda amaldagi meʼyoriy va huquqiy xujjatlar, qonunchilikda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan oʼzgarishlar, yosh kadrlarga boʼlgan talab va yosh bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imtiyozlar haqida va tadbir yakunida chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik hamda korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi haqida ham tushuntirish berildi.

Shuningdek, Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda bo'sh ish o'rinlari bo'yicha mehnat yarmarlari ham tashkil etildi.


Новости 221 - 230 из 852
Начало | Пред. | 21 22 23 24 25 | След. | Конец