Янгиликлар
18.03.2025
Adliya ko'magida
Yunusobod tumani adliya bo‘limiga fuqaro N.Movlon murojaat qilib, tumandagi 52-sonli oilaviy poliklinikada ishlashi, II guruh nogironligiga qaramasdan ish joyidan oylik ish haqidan ortiqcha daromad solig‘i ushlab qolinayotganligini bildirgan.
????Batafsil (https://telegra.ph/Adliya-ko%CA%BBmagida-nogironligi-bolgan-shaxsning-qonunchilikda-belgilangan-soliq-imtiyozlaridan-foydalanishi-taminlandi-03-17)
18.03.2025
Huquqiy aksiya doirasida keksa onaxonning hujjatlari tiklab berildi
Mirzo Ulug'bek tumani „Geologlar“ mahallasida istiqomat qilivchi 1-guruh nogironi 67 yoshli Mukarram Yuldasheva nikoh guvohnomasi hamda turmush o‘rtog‘ining o'lim haqidagi guvohnomasini yo’qotganligi, FHDYga borishga esa imkoni yo’qligini aytib, yordam so’ragan.
„Hech kim hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida tuman FHDY bo'limi tomonidan onaxonning hujjatlari belgilangan tartibda qayta tiklab berilib, sayyor tartibda yashash joyiga borib topshirildi.
Shuningdek, mahallalarda olib borilayotgan targ’ibot tadbirlari doirasida yoshlar, ayollar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida ham huquqiy tushintirishlar berib borilmoqda.
18.03.2025
“Erta nikoh qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi
Chilonzor tuman 1 va 2-son FHDY bo‘limi tomonidan “Madad” NNT bilan birgalikda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida talabalar ishtirokida “Erta nikoh qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchi talabalarga erta turmush qurish oqibatida oilada vujudga keladigan muammolar yechimini hal etishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar, farzandlar tarbiyasida muammolar yuzaga kelishi haqida tushuntirishlar olib borildi.
Shuningdek, mashg’ulot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Seminar yakunida mutaxassislar universitet tomonidan tashakkurnoma bilan taqdurlandilar.
17.03.2025
Keksa yoshli fuqaroga amaliy yordam ko'rsatildi
“Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmon doirasida, mahallalarda olib borilayotgan targ’ibot tadbirlarida yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida huquqiy tushintirishlar berib borilmoqda.
Xususan, Mirzo Ulug‘bek tuman adliya bo‘limi tomonidan mahallalarda uyma-uy yurish tamoyili asosida aholi muammolarini o‘rganish davomida, tumanda yashovchi 75 yoshli 2-guruh nogironi S.Suxova FHDY bo‘limi tomonidan 2002-yilda qayd etilgan onasining o‘lim haqidagi guvohnomasi yo‘qolganligi sababli, uni tiklashda amaliy yordam so‘ragan.
Fuqaroning FHDY bo‘limiga borish imkoni yo‘qligi sababli, Mirzo Ulug‘bek tumani FHDY bo‘limi tomonidan o‘lim haqidagi guvohnoma qayta tiklanib, fuqaro S.Suxovaga sayyor tartibda yashash manziliga borib topshirildi.
17.03.2025
DIQQAT E’LON
Hurmatli hamyurtlar, yuqorida keltirilgan grafikka asosan hafta davomida ko‘rsatilgan mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlari amalga oshiriladi.
Tadbir davomida aholining huquqiy muammolari uyma-uy yurib o‘rganiladi hamda aniqlangan muammolar yuzasidan joyida bepul huquqiy yordam, sayyor davlat xizmatlari, FHDY organi xodimlari hamda notariuslar tomonidan xizmatlar ko‘rsatiladi.
Hurmatli yurtdoshlar, adliya boshqarmasi hamda tuman adliya bo‘limlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz!
15.03.2025
Fuqarolarga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida, keng qamrovli sayyor davlat xizmatlarining ko'rsatilishi fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Xususan, Bektemir tuman adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanning "Ustozlar" mahallasida yashovchi aholining huquqiy muammolari uyma-uy yurib o'rganildi.
Tadbirda dastlab, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari tushuntirilib, markazga tashrif buyurishi qiyin boʻlgan keksa yoshdagi fuqarolarga bir qancha Davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Jumladan, fuqaro Alla Pakga elektron raqamli imzo va nafaqa tayinlanganligi toʻgʻrisida ma‘lumotnomalar, Vladimir Pak nomidan kadastr xizmatiga ariza yuborilib, sudlanmaganlik haqida ma‘lumotnoma olish xizmati, fuqaro Li Lenaga elektron raqamli imzo va sog’lig’ini tiklash uchun sanatoriyaga navbatga qoʻyish xizmati ko'rsatildi.
15.03.2025
O'quv seminarlari o‘tkazildi
Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek tumanlari komissiyalari a’zolari uchun Mirobod tumani hokimligida, Olmazor, Uchtepa, Sergeli tumanlari komissiyalari a’zolari uchun Olmazor tumani hokimligida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.
Seminarda “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, fuqarolar yig‘ini raisi saylovining huquqiy asoslari, ko‘maklashuvchi komissiya va ishchi guruhlarning vazifalari, huquq va majburiyatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Fuqarolar yig‘ini raisi 5 yil muddatga yashirin ovoz berish orqali saylanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
• oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
• saylovga qadar kamida 5 yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bo’lishi;
• ish tajribasiga, hayotiy tajribaga ega bo‘lishi
14.03.2025
Adliya ko'magida tadbirkor foydasiga 440 mln. so‘m mablag‘ undirilishi ta’minlandi
Uchtepa tumani adliya bo‘limiga “A” MCHJ murojaat qilib, shartnoma shartlari bajarilgan bo‘lsada, tumanda joylashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu qarzdorliklarni undirib berishda amaliy yordam berishni soʻragan.
????Batafsil (https://telegra.ph/Adliya-ko%CA%BBmagida-tadbirkorga-yetkazib-berilgan-mahsulotlar-va-bajarilgan-ishlar-uchun-tolovlar-undirib-berildi-03-07)
14.03.2025
Yosh juftliklar oilaviy hayotga o‘qitilmoqda
Yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.
Tadbir Chilonzor tumani 1 va 2 -son FHDY bo‘limi tomonidan Oila va xotin-qizlar bo‘limi, diniy idora vakili, Reabilitatsiya markazi psixologi bilan birgalikda o‘tkazildi.
Tadbir davomida Oila-muqaddas dargoh, nikoh bu erkak va ayolning ixtiyoriy va o‘zaro roziligi asosida quriladigan ittifoqi tamoyili asosida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy-huquqiy munosabatlarga tayyorlash, oilaviy hayot psixologiyasi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan mavzularda tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun kitoblar hamda sertifikat taqdim etildi.
13.03.2025
Ishchi guruh a’zolari o'qitilmoqda
Toshkent shahar adliya boshqarmasida fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlari a’zolarini o‘qitish uchun O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi bilan birgalikda o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonun hamda unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, fuqarolar yig‘ini raisi saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari, ko‘maklashuvchi komissiyalar hamda ishchi guruhlarning vazifalari, huquq va majburiyatlari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.
Fuqarolar yig‘ini raisi saylovida:
• Ishtirok etish ixtiyoriy va erkin;
• 18 yoshga to‘lgan, tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolar ishtirok etadi;
• Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar ishtirok etmaydi
Новости 221 - 230 из 1193
Начало | Пред. | 21 22 23 24 25 | След. | Конец