Янгиликлар
21.02.2025
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi
“Ziyo ulash” loyihasi ko‘lami tobora kengaymoqda va ishtirokchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda.
Shuningdek, loyiha doirasida aholining, ayniqsa yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida FHDY bo‘limlarida nikohini qayd etgan yosh oilalarga kitob taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Loyihaga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan har bir yurtdoshimiz o’ziga yaqin hududdagi davlat xizmatlari markaziga o’zi o’qigan kitoblardan olib kelib, “bukkrossing” burchagida qoldirishi va oʻrniga boshqasini olishi mumkin. Shu tariqa kitoblar almashinuvi orqali ilm va ziyo tarqatilishiga erishamiz.
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi
21.02.2025
Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning tuman adliya bo‘limlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanda yashovchi yurak xastaligiga chalingan 2-guruh nogironi fuqaro J.O hamda yurish imkoniyati cheklangan 1946-yilda tug'ilgan fuqaro Yu.V sog‘ligi holatiga ko‘ra, Markazga kela olmaganligi uchun ularning yashash xonadonlariga tashrif buyurilgan holda, ruhiy va narkologik dispanserda turish yoki turmasligi bo'yicha ma'lumotnoma olishda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shuningdek, Yangihayot tuman DXM tomonidan tumanning Gulshanobod mahallasida yashovchi harakati cheklangan fuqaro K.Mga sayyor tartibda turar joyga bo'lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati ko‘rsatildi.
21.02.2025
oshkent shahar adliya boshqarmasida “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi tashkillashtirildi
Boshqarma va tuman adliya bo'limlarining ko'ngilli xodimlari ushbu xayriya tadbirida donor sifatida faol ishtirok etib, bir qancha bemorlar hayotini saqlab qolishda, ularning umid bilan boqqan ko'zlarini quvonchga to'ldirishda o'zlarining beg'araz hissalarini qo'shishdi.
O‘ziga xos insonparvarlik namunasi bo‘lgan bu kabi tadbirlar zamirida bemorlar hayotini saqlab qolishdek ulkan va xayrli ish turibdi. Shu bois, unda ishtirok etgan har bir inson mazkur xayrli ishga daxldordir.
Siz ham donorlik aksiyalarida qatnashing va bemorlarga hayot bag'ishlashda ko‘maklashing!
21.02.2025
Xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariusning litsenziyasi tugatildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug'i bilan Yashnobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullangan notarius Usmanova Dildora Maxmudovnaga berilgan TN 0082-sonli litsenziyaning amal qilishi va notarius maqomi tugatildi.
20.02.2025
Kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi muammolar va ularning yechimlari mavzusida seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi, ularning hududiy tuzilmalari ishtirokida davlat xizmatlari ko'rsatishning tartib-taomillari bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi.
Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti talablarining mazmun-mohiyati tushuntirilib, qaror ijrosi yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida "Uzkad", "Davreestr.uz" tizimlarida ishlash jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
20.02.2025
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nazarov Xamdam Shuxratovich Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Nazarov Xamdam Shuxratovich 1983-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos.
2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2005-yildan Prokuratura idoralarida boshlab, turli lavozimlarda ishlagan. X.Nazarov 2011-yildan Adliya organlari tizimida turli lavozimlarda o'z mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
X.Nazarov 2021-yildan boshlab shu kunga qadar Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi X.Nazarovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.
20.02.2025
Toshkent shahar Olmazor tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i buyrug‘i bilan Husniddin Og‘ajonov Toshkent shahar Olmazor tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimiga tayinlandi.
Og‘ajonov Husniddin Ulug‘bekovich 1992-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy
H.Og‘ajonov shu kunga qadar Toshkent shahar Sergeli tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi H.Og‘ajonovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.
20.02.2025
Toshkent shahar Sergeli tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i buyrug‘i bilan Djumaniyazov Doniyar Toshkent shahar Sergeli tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimiga tayinlandi.
Djumaniyazov Doniyar Masharipovich 1990-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy
D.Djumaniyazov shu kunga qadar Toshkent shahar Yangihayot tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi D.Djumaniyazovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.
20.02.2025
Toshkent shahar Bektemir tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i buyrug‘i bilan Abdurahmonov Habibula Toshkent shahar Bektemir tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimiga tayinlandi.
Abdurahmonov Habibulla Vahobjon o'g'li 1994-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy
H.Abdurahmonov shu kunga qadar Toshkent shahar Shayxontohur tumani adliya bo‘limi DXM bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi H.Abdurahmonovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.
20.02.2025
Toshkent shahar Yangihayot tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i buyrug‘i bilan Nosirov Ziyoviddin Toshkent shahar Yangihayot tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimiga tayinlandi.
Nosirov Ziyoviddin Zayniddin o'g'li 1990-yilda Toshkent shaharda tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy
Z. Nosirov shu kunga qadar Toshkent shahar Bektemir tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi Z. Nosirovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.
Новости 231 - 240 из 1149
Начало | Пред. | 22 23 24 25 26 | След. | Конец