Янгиликлар
06.03.2025
Adliya xodimlari mahallalarda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Yashnobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Behizor" mahallasida “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbir davomida Prezidentning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Mahalla yettiligi” a’zolariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari yuzasidan uyma-uy yurish tamoyili asosida hududdagi mavjud huquqiy muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.
06.03.2025
“Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilmoqda
Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2025-yilning mart oyi davomida “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Bektemir tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti professori F.Muhitdinova bilan birgalikda tuman hokimligida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy hamda sotsial faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonunchilikda belgilangan imtiyoz va preferensiyalar mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga qaratilgan seminar tadbiri o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida xotin-qizlarning ijtimoiy mehnat sohasidagi mavjud muammolarini bartaraf qilish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
06.03.2025
Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi
“Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida 2024-yilda jismoniy va yuridik shaxslarga jami 2 152 288 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 51,8 foizi, ya’ni 1 116 334 tasini onlayn tarzda ko‘rsatilgan xizmatlar tashkil etadi.
Eng ko‘p davlat xizmatlari ko‘rsatgan Davlat xizmatlari markazlari:
Yunusobod tumani DXM – 248 347 ta;
Yashnobod tuman DXM – 245 006 ta;
Chilonzor tuman DXM – 240 197 ta.
05.03.2025
Keksa fuqaroga guvohnoma rasmiylashtirildi
Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi 71 yoshli Gennadiy Kim FHDY bo‘limiga murojaat qilib, tug‘ilganlik guvohnomasini yo‘qotib qo‘ygani va uni qayta tiklashda yordam so‘ragan.
2-guruh nogironi bo‘lgan fuqaroning murojaati yuzasidan tuman FHDY bo‘limi xodimlari unga amaliy yordam sifatida guvohnomani qayta rasmiylashtirib, yashash xonadoniga olib borib berishdi.
05.03.2025
Ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish choralari ko‘rildi
Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risidagi" Prezident qarori ijrosi yuzasidan, Yakkasaroy tumanida oilaviy nizolar va ajrim xavfi ostida bo‘lgan to‘rt oilaning muammolari muhokama qilindi.
Muhokamada Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi, FHDYO bo‘limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari, shuningdek, tuman otinoyisi va imom-xatib ishtirok etib, ajrim yoqasidagi oilalar bilan suhbatlashildi.
Suhbat davomida, oilaviy nizolarning farzandlar tarbiyasiga, ijtimoiy muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatishi haqida tushuntirishlar berilib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.
05.03.2025
Sayyor davlat xizmati ko'rsatildi
Chilonzor tumani 1-son FHDY bo'limi tomonidan tumanning Dilobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sushkova Lyudmila Nikolayevnaning murojaatiga asosan, Rossiya federatsiyasi Barnaul shahar FHDY bo‘limidan so‘rovnoma yuborish orqali turmush o‘rtog‘i A.Sushkov nomiga rasmiylashtirilgan o‘lim haqidagi guvohnomasi olinib, fuqaroning yashash manziliga borib topshirildi.
05.03.2025
Huquqiy muammolar o‘rganilmoqda
Bektemir tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Ustozlar” mahalla fuqarolar yig‘inida uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.
Ushbu jarayonda mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning tadbirkorlik, meros masalalari, nikohni qayd etish va uni bekor qilish, shuningdek, uy-joy bilan bog‘liq nizoli holatlar hamda davlat tomonidan ipoteka krediti olish uchun ajratiladigan subsidiyalar kabi turli masalalar yuzasidan 50 ga yaqin murojaatlari ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, Milliy gvardiya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi tadbirkorlik subyektlariga “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida ham huquqiy tushuntirishlar berildi.
04.03.2025
Oila qurish ostonasidagi yoshlarga hayotiy saboqlar berildi
Bektemir tumani FHDY bo‘limi va tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda Bektemir tumanida nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etgan yosh oila quruvchilar o‘qitildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida tuman FHDY bo‘limi mudirasi, Oila va xotin qizlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari, diniy idora vakillari va oilaviy psixolog tomonidan yoshlarga tibbiy, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy hamda diniy mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonunchilikda belgilangan imtiyoz va preferensiyalar mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushintirishlar berildi.
O‘quv mashg‘ulotlarini tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 15 nafar juftliklarga sertifikatlar topshirildi.
04.03.2025
DIQQAT E’LON!
Hurmatli hamyurtlar, joriy yilning 7-mart kuni soat 10-00da Shayxontohur tumani adliya bo‘limi binosida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, pensiya, kommunal to‘lovlar, imtiyozli kredit, meros, uy-joyga subsidiya olish, ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan Toshkent shahar xalq qabulxonasi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ommaviy sayyor qabul tadbiri amalga oshiriladi.
Hurmatli yurtdoshlar, ushbu sayyor qabulda o‘zingizni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilib faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz!
Manzil: Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasi, 2-uy. (https://maps.google.com/maps?q=41.324623,69.232059&ll=41.324623,69.232059&z=16)
04.03.2025
Adliya koʻmagida fuqaroga pensiya tayinlashda inobatga olinmagan davrlar ish stajiga qo‘shildi.
Yunusobod tumani adliya bo‘limiga fuqaro M.Ziyayev murojaat qilib, 1979 – 1998-yillar oralig‘ida mehnat faoliyatini yuritgan davri Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan yoshga doir pensiya tayinlashda inobatga olinmayotganligini bildirib, ushbu muammoni hal qilishda amaliy yordam berishni soʻragan.
Batafsil (https://telegra.ph/Adliya-ko%CA%BBmagida-fuqaroga-pensiya-tayinlashda-inobatga-olinmagan-davrlar-ish-stajiga-qoshildi-03-04)
Новости 241 - 250 из 1193
Начало | Пред. | 23 24 25 26 27 | След. | Конец