Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Toshkent shahar Olmazor tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi 20.02.2025 Toshkent shahar Olmazor tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i buyrug‘i bilan Husniddin Og‘ajonov Toshkent shahar Olmazor tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimiga tayinlandi.

Og‘ajonov Husniddin Ulug‘bekovich 1992-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy

H.Og‘ajonov shu kunga qadar Toshkent shahar Sergeli tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi H.Og‘ajonovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

Toshkent shahar Sergeli tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi 20.02.2025 Toshkent shahar Sergeli tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i buyrug‘i bilan Djumaniyazov Doniyar  Toshkent shahar Sergeli tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimiga tayinlandi.

Djumaniyazov Doniyar Masharipovich 1990-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy

D.Djumaniyazov shu kunga qadar Toshkent shahar Yangihayot tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi D.Djumaniyazovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

Toshkent shahar Bektemir tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi 20.02.2025 Toshkent shahar Bektemir tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i buyrug‘i bilan Abdurahmonov Habibula Toshkent shahar Bektemir tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimiga tayinlandi.
Abdurahmonov Habibulla Vahobjon o'g'li 1994-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy
H.Abdurahmonov shu kunga qadar Toshkent shahar Shayxontohur tumani adliya bo‘limi DXM bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi H.Abdurahmonovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

Toshkent shahar Yangihayot tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi 20.02.2025 Toshkent shahar Yangihayot tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i buyrug‘i bilan Nosirov Ziyoviddin Toshkent shahar Yangihayot tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimiga tayinlandi.

Nosirov Ziyoviddin Zayniddin o'g'li 1990-yilda Toshkent shaharda tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy

Z. Nosirov shu kunga qadar Toshkent shahar Bektemir tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi Z. Nosirovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

Fuqarolarning muammolari hal qilinmoqda 20.02.2025 Fuqarolarning muammolari hal qilinmoqda
Davlatimiz rahbarining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning ko‘plab mahallalarida tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan aholi muammolari o‘rganilmoqda.

Shuningdek, uyma-uy yurish tamoyili asosida murojaatlar o‘rganilib, hududdagi mavjud aniqlangan huquqiy muammolar hal qilinmoqda.

Xususan, Chilonzor tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurish tadbirlarida tumanning Xirmontepa mahallasida yashovchi fuqarolar Zemlyanskiy Viktor va Pinchuk Nadejda 30 yil davomida shar’iy nikoh asosida yashab kelayotganligi, nikohi rasman qayd qilinmaganligini bildirgan.

O'rganish natijasida, fuqarolar Zemlyanskiy Viktor va Pinchuk Nadejdalarning nikohi Chilonzor tuman 1-son FHDY bo‘limi tomonidan qonuniy rasmiylashtirilib, guvohnoma taqdim etildi.

Adliya xodimlari mahallalarda 19.02.2025 Adliya xodimlari mahallalarda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi sariq toifaga kiruvchi "Ming o‘rik" mahallasida “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida Prezidentning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Mahalla ettiligi” a’zolariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari yuzasidan uyma-uy yurish tamoyili asosida hududdagi mavjud huquqiy muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tayinlandi 19.02.2025 Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nazarov Xamdam Shuxratovich Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nazarov Xamdam Shuxratovich 1983-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos.
2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2005-yildan Prokuratura idoralarida boshlab, turli lavozimlarda ishlagan. X.Nazarov  2011-yildan Adliya organlari tizimida turli lavozimlarda o'z mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

X.Nazarov 2021-yildan boshlab shu kunga qadar Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi X.Nazarovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

Chilonzor tumani adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi mudirasi, 2-darajali yurist  Xalimova Etiborxon Safarovna 50 yoshni qarshi oldi 19.02.2025 Chilonzor tumani adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi mudirasi, 2-darajali yurist Xalimova Etiborxon Safarovna 50 yoshni qarshi oldi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi sodiq va tajribali hamkasblarni doimo qadrlaydi va Etiborxon Safarovnani hayotidagi muhim sana bilan samimiy qutlaydi!

Etiborxon Safarovna adliya tizimidagi o‘z faoliyatini 2000-yilda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi viloyat FHDY arxividan boshlagan. Chilonzor tumani adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi mudirasi vazifasida 2023-yildan beri mehnat qilib, jamoaning jonkuyar va tajribali a’zosiga aylangan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi Etiborxon Safarovnani yubiley bilan tabriklab, el-yurt manfaati yo‘lidagi, fuqarolarga xizmat qilishdek sharafli va ezgu ishlarida ulkan yutuqlar doimo hamroh bo‘lishini tilaydi!

Adliya koʻmagida tadbirkor foydasiga 2,7 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ undirilishi ta’minlandi 18.02.2025 Adliya koʻmagida tadbirkor foydasiga 2,7 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ undirilishi ta’minlandi
Yunusobod tumani adliya bo‘limiga “Ms” MCHJ rahbari murojaat qilib, shartnoma shartlari bajarilgan bo‘lsada, Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu qarzdorliklarni undirib berishda amaliy yordam berishni soʻragan.

????Batafsil (https://telegra.ph/Tadbirkorning-huquqlari-himoya-qilindi-02-15)

Mehr ulash! 18.02.2025 Mehr ulash!
Toshkent shahar adliya boshqarmasida Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda 21-fevral kuni “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi oʻtkaziladi.

Aksiyada adliya organlari va muassasalari xodimlari bilan birga Toshkent shahri aholisi va mehmonlari ham ishtirok etishlari mumkin.

Eslatma: donor boʻlish uchun pasportning (ID) asli yoki elektron shakli kerak boʻladi.

Siz ham donorlik aksiyalarida qatnashing va bemorlarga hayot bag'ishlashda ko‘maklashing!

Vaqti va sanasi: 21-fevral, 09:30 — 13:00

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 14-uy. (Toshkent shahar adliya boshqarmasi binosida).


Новости 281 - 290 из 1193
Начало | Пред. | 27 28 29 30 31 | След. | Конец