Янгиликлар
29.04.2025
Mirobod tumanida oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi
Mirobod tumanida oila va xotin-qizlar bo‘limi va mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida seminar tashkil etildi.
????Tadbirda oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablari, ularni oldini olish va bunda nuroniylarning roli, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda huquqiy savodxonligini oshirish borasida suhbatlashildi.
????Tadbir davomida tuman FHDY bo‘limi mudirasi Gulnoza Pardayeva “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori hamda oila va nikoh munosabatlariga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berdi.
????Shuningdek, ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammoli masalalar muhokama qilinib, uning yechimlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
28.04.2025
Halollik va to‘g‘rilik insonning oliy fazilatidir!
“Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir”
— Shavkat Mirziyoyev
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Yashnobod tumanidagi “Qon preparatlari” IICHK hamda 28-oilaviy poliklinikada xodimlar ishtirokida “Sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyasiz sohaga aylantirish - ustuvor vazifadir” mavzusida davra suhbatlari o'tkazildi.
Oʼzbekiston "Аdolat" sotsial demokratik partiyasi, tuman adliya bo‘limi va diniy idora vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirlarda sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri, uning iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.
28.04.2025
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda
Oila mustahkamligi jamiyat barqarorligining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga zarur bilim va ko‘nikmalarni berish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Sergeli tumani FHDY bo‘limida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda navbatdagi yosh oila quruvchilar uchun seminar o‘tkazildi.
Tadbirda tumanning tajribali mutaxassislari, jumladan, tuman FHDY bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazining Sergeli tumani bo‘linmasi, “Oqila ayollar" harakati, diniy idora vakillari, tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullari va psixolog ishtirok etib, yoshlarga tibbiy, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy hamda diniy masalalarda tushuntirishlar berdilar.
Tadbir yakunida oila qurish bo‘sag‘asida turgan nikohlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi.
25.04.2025
Inson xotirasi barhayotdir!
Vatanimiz ozodligi uchun jonini fido qilgan urush qatnashchilari xotirasiga hurmat ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar adliya boshqarmasi faxriylar kengashining tashabbusi bilan sohada uzoq yillar xizmat qilgan adliya faxriylari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif O‘zbek generali Sobir Rahimov haykali, “Mangu jasorat” monumenti, O‘zbek ayolining matonati timsoli sifatida Zulfiya aya Zokirova, uning urushdan qaytmagan besh farzandi hamda beva qolgan to‘rt kelini xotirasiga bag‘ishlangan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi bilan tanishishdan boshlandi.
Bog‘da urush davri manzaralari aks etgan majmualar, o‘sha davrdagi harbiy texnika va qurol-yarog‘lar ochiq osmon ostidagi ko‘rgazma bilan tanishdilar va muzey kutubxonasiga tashrif buyurdilar.
Ushbu tadbir yana bir bor tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot qanchalik bebaho ne’mat ekanligi, uni asrab-avaylash muqaddas burch ekanligini anglatadi.
24.04.2025
Mirobod tumanida “Huquqiy bilimlar kuni” o‘tkazild
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Mirobod tumani hokimligida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida seminar tashkil etildi.
Seminarda Mirobod tumani adliya bo‘limi mas'ul xodimi Abror Berdiyev tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qonunchilik asoslari va mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Xususan, seminar davomida quyidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga tushuntirildi:
— “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun
— “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun
— “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun
— “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun
— Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori
24.04.2025
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Adliya vazirligi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma qarorga asosan bu yil ilk marotaba umumtaʼlim maktablarining huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovning Toshkent shahar bosqichi ham yuqori ruhda tashkil etilib, saralash bosqichlaridan oʻtgan 36 nafar ishtirokchilar oʻrtasida 2 turda bahslar olib borildi.
Tanlov natijalariga koʻra:
1- oʻrinni Sergeli tumani 6-maktab oʻqituvchisi Gulnora Mambetova;
2-o‘rinni Yakkasaroy tumani 91-maktab oʻqituvchisi Malika Shermatova;
3-o‘rinni Yunusobod tumani 265-maktab oʻqituvchisi Otabek Orziyev egalladilar.
Tanlov natijasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar va tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
23.04.2025
FHDY bo‘limlari faoliyati tahlil qilindi
Poytaxtdagi FHDY bo‘limlari tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, uning natijalari mas’ul xodimlar ishtirokida muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Jumladan, muhokamalar davomida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ijro va mehnat intizomi talablariga rioya qilish yuzasidan xodimlarga tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xodimlar tomonidan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida mehnat faoliyatini boshlagan yosh kadrlarni tajribali xodimlarga biriktirish orqali ustoz-shogird an’anasi asosida ishlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
22.04.2025
Adliya xodimlari mahallalarda
Bugun Yashnobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Shirinobod” mahalla fuqarolar yigʻinida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul va uyma-uy yurish orqali aholining muammolari o‘rganildi.
Tadbir davomida fuqarolarga ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi va murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarorning mazmun-mohiyati, xususan “Mening mahallamda jinoyatchilik bo‘lmaydi” dasturi doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shu bilan birga, “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” PQ–133-son qaror mazmun-mohiyati ham tushuntirildi.
22.04.2025
Yosh juftliklar oilaviy hayotga o‘qitilmoqda
Yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.
Tadbir Chilonzor tumani 1 va 2-son FHDY bo‘limi tomonidan Oila va xotin-qizlar bo‘limi, diniy idora vakili, Reabilitatsiya markazi psixologi bilan birgalikda o‘tkazildi.
Davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tgan mazkur seminarda yoshlar o‘zlari uchun huquqiy bilim hamda hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Tadbir so‘ngida oila qurish ostonasida turgan yosh juftliklarga sertifikatlar taqdim etildi.
21.04.2025
Prezident qarori ijrosi amalda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida” PQ–133-son qarori ijrosi yuzasidan, hududlardagi sohaga mas’ullarning o‘zlariga yuklatilgan vazifa va topshiriqlardan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida Mirobod, Bektemir va Chilonzor tumanlarida idoralararo ishchi guruh a’zolari ishtirokida manzilli seminarlar o‘tkazildi.
Seminar tadbirlari davomida, tuman adliya bo‘limlari tomonidan ishchi guruh a'zolariga qaror ijrosini tashkil qilish va ta’minlash, xususan ustuvor vazifalar va asosiy yo‘nalishlar haqida batafsil tushuntirilib, tegishli flayerlar va ko'rgazmali materiallar tarqatildi.
Новости 21 - 30 из 1046
Начало | Пред. | 1 2 3 4 5 | След. | Конец