Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

#Adliya_yangiliklari 13.12.2022 #Adliya_yangiliklari
#Diqqat_e'lon!

Hurmatli fuqarolar! Shayxontahur va Yakkasaroy  tumanlarida elektr tarmog'ida kuzatilgan nosozliklar sababli ushbu tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarga vaqtinchalik xizmat ko'rsata olmasligi  ma'lum qilinadi. 
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957

#Adliya_yangiliklari 13.12.2022 #Adliya_yangiliklari

#Adliya_xabari

Toshkent shaharidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 
7 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.

 “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2-moddasiga asosan Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 24-noyabrdagi 8/2022-sonli  
bayonnomasiga asosan:

    1.Sergeli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius K.Xatamovning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 1 oy muddatga;
    2.Sergeli tumanida xususiy amaliyot  bilan shugʻullanuvchi notarius Q.Burliyevning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
    3.Sergeli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius A.Yusufbekovning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
    4.Mirzo Ulug'bek tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Z.Abdalimovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 5-dekabr kunidan 1 oy muddatga; 
    5.Chilonzor tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius X.Isayevaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 2 oy muddatga;
    6.Uchtepa tumanida xususiy amaliyot notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius O.Musayevning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 5-dekabr kunidan 1 oy muddatga to’xtatildi.
    7.Yakkasaroy tumanida xususiy amaliyot notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius K.Mazakirovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 1 oy muddatga to’xtatildi.

#Ma'lumot uchun 12.12.2022 #Ma'lumot uchun

#Diqqat_e'lon!

Hurmatli fuqarolar! Shayxontahur tumanida elektr tarmog'ida kuzatilgan nosozliklar sababli Shayxontahur tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi fuqarolarga vaqtinchalik xizmat ko'rsata olmasligi  ma'lum qilinadi. 
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

#Adliya_yangiliklari 12.12.2022 #Adliya_yangiliklari

Poytaxtimizdagi Davlat xizmatlari markazlari tomonida fuqarolarga qishning sovuq kunlarida ham  sifatli davlat xizmatlari ko'rsatilib kelinmoqda. 
Davlat xizmatlari markazi binolarida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida issiq ichimliklar ham tarqatilmoqda. 

#Kun tarixi 10.12.2022 #Kun tarixi

#Кун_тарихи

???? 10 декабрь (1992 йил)

Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси тўғрисидаги Қонун (http://lex.uz/docs/38608) қабул қилинган.

Қонунга кўра, Давлат мадҳияси Ўзбекистон Республикаси Давлат суверенитетининг рамзидир. 

Давлат мадҳиясига зўр эҳтиром билан қараш Ўзбекистон Республикаси ҳар бир фуқаросининг ватанпарварлик бурчидир.

#Adliya_yangiliklari 07.12.2022 #Adliya_yangiliklari
Soha fidoiylari taqdirlandi

Joriy yil 7-dekabrda Toshkent shahar adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 
30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i yig‘ilganlarni Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklab, Bosh qomusimizga asosan qabul qilinadigan qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilishida adliya organlari alohida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Tadbirda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni, “Adliya aʼlochisi” ko‘krak nishoni, Adliya vazirligi va boshqarmaning fahriy yorliqlari bilan mukofotlangan boshqarma va uning tizimida xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan xodimlarga ushbu nishonlar va fahriy yorliqlar topshirildi.

#Adliya_yangiliklari 06.12.2022 #Adliya_yangiliklari

2022-yilning 6-dekabr kuni "O‘zbekiston havo yoʻllari" AJda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat transport universiteti professor o'qituvchilari, Toshkent transport prokuraturasi mas'ul xodimi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Z.Toshtemirov tomonidan "O'zbekiston havo yo'llari" AJning xodimlari va jamoasiga huquqiy  tushuntIrishlar berildi.

#Adliya_aralashgach 02.12.2022 #Adliya_aralashgach

Fuqaro R.R. Sergeli tumani adliya bo‘limiga  murojaat qilib, imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiyaga chiqishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Ish hujjatlari o‘rganilganda, fuqaro bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sergeli tuman bo‘limiga umumiy asoslarga ko‘ra murojaat qilgan, biroq ish joyi attestatsiyadan o‘tkazilmaganligi sababli imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiyaga chiqish to‘g‘risidagi arizasi rad etilganligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga yuridik ahamiyatga ega faktni belgilash to‘g‘risida ariza kiritildi. Mazkur ariza natijasida fuqaroga 14 yil davomida haqiqatan mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishda ishlaganlik faktini belgilash to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori qabul qilinishiga erishildi.

#Adliya_aralashgach 02.12.2022 #Adliya_aralashgach

    Yunusobod tumanida joylashgan 21-sonli mehribonlik uyining 4 nafar (sobiq) xodimlari tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, mehribonlik uyi faoliyatini to'xtatganligi sababli ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinganligi lekin ishdan bo‘shatish nafaqasini ololmaganligidan norozi bo‘lishgan.
     Ushbu murojaatlar bo‘lim tomonidan o‘rganilganda, haqiqatdan ham ularga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmaganligi aniqlandi. Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan murojaatchilarning manfaatlarini ko‘zlab Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudiga daʼvo arizalari kiritilib, natijasida fuqarolarga 10 555 819 so‘m miqdordagi ishdan bo‘shatish nafaqalari undirib berilishi ta’minlandi.

#Adliya_yangiliklari 02.12.2022 #Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

O‘zbekiston telekanalining “Mening huquqim” ko‘rsatuvida Toshkent shahar adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Z.Toshtemirov tomonidan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 113-son Farmonining bugungi kundagi dolzarbligi hamda “Mobile ID” tizimidan foydalanishning qulayliklari haqida huquqiy tushuntirish berildi.


Новости 331 - 340 из 996
Начало | Пред. | 32 33 34 35 36 | След. | Конец