Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Hurmatli fuqarolar! 21.06.2022 Hurmatli fuqarolar!
❗️Agarda Siz notaruis yoki notarial idora xodimlarining xatti-harakatlarini noqonuniy deb hisoblasangiz Toshkent shahar adliya boshqarmasining notariat sohasiga mas'ul (71-203-60-14) bo'limi bilan bog'lanishingiz mumkin.
✅Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 1008  “Ishonch telefoni” orqali murojaat va takliflaringizni bildirishingiz mumkin.

Tadbirkorlarga trening o'tkazildi 18.06.2022 Tadbirkorlarga trening o'tkazildi
Joriy yilning 18-iyun kuni Yuridik kovorking markazida "Tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yhatdan o‘tkazish, qayta ro‘yhatdan o‘tkazish va tugatish" mavzusi bo‘yicha trening mashg‘uloti bo'lib o'tdi.

Ushbu treningda Olmazor tumani Davlat xizmatlari markazi direktori F.Djumatov va bo'lim boshlig'i E.Dilmurodovlar tomonidan ishtirokchilarga tadbirkorlik sub’yektlarini Davlat xizmatlari markaziga bormasdan, masofadan turib elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Asosiy maqsad — jinoyatchilikning oldini olish 18.06.2022 Asosiy maqsad — jinoyatchilikning oldini olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Ushbu tadbirda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Omonov, Chilonzor tumani adliya bo'limi boshlig'i Sh.Sattarov hamda Yuridik xizmatlarni ko'rsatish markazi boshlig'i A.Urunov hamda Chilonzor tumanidagi  yoshlar etakchilari hamda profilaktik hisobda turgan yoshlar ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda boshqarma boshlig'i o'rinbosari A.Omonov so'nggi paytlarda yoshlar o'rasida eng ko'p sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, shuningdek o'g'irlik, bosqinchilik kabi jinoyatlar ham ommalashganini ta'kidlab, mahallalardagi yoshlar yetakchilarini jinoyatchilikka va huqubuzarlikka qarshi kurashish hamda yoshlar orasida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish borasida hamkorlikka chaqirdi.

Shuningdek, jinoyat koʻchasiga kirib qolgan va profilaktik hisobda turgan yoshlar bilan profilaktik-suhbat o’tkazildi. 
O‘z navbarida, suhbat davomida yoshlardan qator takliflar ilgari surilib, savollariga huquqiy javoblar olishdi.

Shuningdek, tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida korrupsiya, terrorizm hamda chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi haqida ham to'xtalib o'tildi.

“Men ham ishga kiraman” aksiyasi doirasida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi 15.06.2022 “Men ham ishga kiraman” aksiyasi doirasida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi
Joriy yilning 15-iyun kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari A.Omonov, bo'lim boshlig'i J.Xudoyorov,  Olmazor tuman adliya boʼlimi va universitet talabalari ishtirokida “Men ham ishga kiraman” aksiyasi oʼtkazildi. 

Tadbirda davomida ishga joylashishda amaldagi meʼyoriy va huquqiy xujjatlar, qonunchilikda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan oʼzgarishlar, yosh kadrlarga boʼlgan talab va yosh bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imtiyozlar haqida va tadbir yakunida chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik hamda korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik mavjudligi haqida ham tushuntirish berildi.

Shuningdek, Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda bo'sh ish o'rinlari bo'yicha mehnat yarmarlari ham tashkil etildi.

Yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlarga berilishi mumkin bo‘lgan savollar ro‘yxati 15.06.2022 Yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlarga berilishi mumkin bo‘lgan savollar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy ta‘lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun yo‘llanmalar berish yuzasidan tanlov o‘tkazish jarayonida nomzodlarga berilishi mumkin bo‘lgan savollar ro‘yxati

Toshkent shahar adliya boshqarmasida mavjud bo‘sh (vakant) lavozimlarga ichki tanlov e'lon qiladi 16.05.2022 Toshkent shahar adliya boshqarmasida mavjud bo‘sh (vakant) lavozimlarga ichki tanlov e'lon qiladi
Bo'sh lavozimlar ro‘yxati:
Bektemir tuman adliya bo'limi boshlig'i
Yashnobod tuman adliya bo'limi boshlig'i
Mirobod tuman adliya bo'limi boshlig'i
Yakkasaroy tuman adliya bo'limi boshlig'i
Yunusobod tuman adliya bo'limi boshlig'i
Mirzo Ulug‘bek tuman adliya bo'limi boshlig'i
Yangihayot tuman davlat xizmatlari markazi direktori
Chilonzor uman davlat xizmatlari markazi direktori
Shayxontohur uman davlat xizmatlari markazi direktori

"15 may Xalqaro oila kuni" 13.05.2022 "15 may Xalqaro oila kuni"
"15 may Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Toshkent shaxar adliya boshqarmasi Olmazor tumani adliya bo‘limi tomonidan “Yuqori Sebzor” mahallasidagi eng namunali oilaning 60 yillik “Olmos” to‘yi munosabati bilan muborakbod etish va esdalik sovg‘alar topshirish maqsadida tashrif buyurdi.

Joylarda targ’ibot tadbirlari davom etmoqda 12.05.2022 Joylarda targ’ibot tadbirlari davom etmoqda
Olmazor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi

DIQQAT E'LON!!! 12.05.2022 DIQQAT E'LON!!!
TOSHKENT SHAHAR ADLIYA BOSHQARMASINING MANZILI HAMDA TELEFON RAQAMLARI O‘ZGARDI

Yevropa Kengashi hamda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi 11.05.2022 Yevropa Kengashi hamda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi
Yevropa Kengashi hamda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi


Новости 371 - 380 из 996
Начало | Пред. | 36 37 38 39 40 | След. | Конец