Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Taʼlim muassasalarida yoshlar orasida maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yaxshilash maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda 21.04.2025 Taʼlim muassasalarida yoshlar orasida maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yaxshilash maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Olmazor tumanida adliya bo‘limi tomonidan tuman ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda Toshkent Tibbiyot akademiyasi akademik liseyi, Toshkent farmasevtika instituti akademik litseyi va “Tashkent perfect university” NTMda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Tadbir davomida “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son Prezident qarori mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar yuzasidan tushuntirish berildi.

Xususan, yoshlar o‘rtasida qayd etilayotgan jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, o‘g‘rilik hamda kiberjinoyatlarning oldini olish, huquqiy muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi 18.04.2025 Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi
Mirobod tumanidagi 158-umumta’lim maktabida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda "Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi:  

✅ O‘zbekiston xalqining qadimiy an’analari, milliy qadriyatlari va kiyinish madaniyatini targ‘ib etish;  
✅ Yosh avlodni milliy meros va urf-odatlar asosida tarbiyalash;  
✅ Xotin-qizlar orasida o‘zbekona liboslarning ahamiyatini oshirish.

Tadbir davomida an’anaviy, betakror liboslarning, xususan milliy naqsh-bezaklarning ma’no va o‘ziga xos tarixiy ahamiyati namoyish etildi.

KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI 18.04.2025 KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi” mavzusida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida Uchtepa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Abdullo Raximov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qonunchilik asoslari, xususan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – jamiyatda korrupsiyaning zararli oqibatlari haqida keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qilishdan iboratdir.

Adliya xodimlari mahallalarda 17.04.2025 Adliya xodimlari mahallalarda
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Prezident Farmoni doirasida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani “Geofizika” mahallasida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul va uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida huquqiy muammolar bo‘yicha aholining murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi va ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, “Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarish grafigiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi 194-son qarori ijrosi yuzasidan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

30 yillik turmush qonuniylashtirildi 17.04.2025 30 yillik turmush qonuniylashtirildi
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari hal etilmoqda.

Xususan, huquqiy aksiya doirasida Uchtepa tumani FHDY bo'limi tomonidan ayrim sabablarga ko'ra qonuniy nikohdan o‘tmay 30 yildan buyon bir oila bo‘lib yashab kelayotgan Bekovlar oilasining nikohi qonuniy qayd etilishi bilan bir vaqtda ikki nafar voyaga yetgan farzandlariga ham otalik belgilanib, tug’ilganlik va nikoh guvohnomalari topshirildi.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi davom etmoqda

Oila - saodat maskani 16.04.2025 Oila - saodat maskani
Uchtepa tumanida yangi hayotga qadam qo'yish maqsadida ariza taqdim etgan nikohlanuvchi yoshlar ishtirokida “Baxtli oila sirlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda nikohlanuvchi yoshlarga huquqiy, tubbiy-psixologik bilim bilan bir qatorda oilada erkak va ayollarning mas'uliyati, vazifalari haqida tushunchalar ham berildi. Oila mustahkamligi, oilaviy nizolarni oldini olish, sog'lom oila qurish va sog'lom farzandlarni tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish, oilaning mustahkam qo'rg'onga aylantirish uchun oila a'zolarining bir-biriga hurmati, muomala madaniyati haqida suhbatlashildi.

Shuningdek, tadbir davomida nikohlanuvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Seminar yakunida yigirma nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash 14.04.2025 Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash
“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-son qaror ijrosi yuzasidan Olmazor, Chilonzor va Uchtepa tumanlari xotin-qizlar bo'yicha hokim o'rinbosarlari hamda “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

“HAMROH” tadbirkor ayollarni qo'llab-quvvatlash dasturi doirasida 2025-yil 1-maydan:
•  xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo'lga qo'yishga ko'maklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million so'mgacha grant ajratish yo'lga qo'yiladi;
•  ijobiy kredit tarixiga ega bo'lgan xotin-qizlarga 100 mln so'mgacha garovsiz kredit ajratiladi;
• ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yo'lga qo'yiladi.

Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilmoqda 14.04.2025 Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilmoqda
"Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risidagi" Prezident qarori ijrosi yuzasidan, Yakkasaroy tumanida ajrim yoqasiga kelib qolgan, nizoli oilalar bilan muhokama yig'ilishi o'tkazildi.

Muhokamalar jarayonida mutaxassislar tomonidan oila vakillari bilan o'zaro suhbatlar o'tkazilib, oila muqaddasligi, uni saqlash har birimizning vazifamiz ekanligi haqida atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunday tashabbuslar nafaqat alohida oilalar tinchligini tiklash, balki mahalla va jamiyatda sog'lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Oilaviy totuvlik – barqarorlik, mehr-oqibat va farovon hayotning asosidir.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi katta hududlarni egallamoqda 12.04.2025 “Yashil makon” umummilliy loyihasi katta hududlarni egallamoqda
Bugun Poytaxtning Bektemir tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent shahar hokimligi va Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, shu jumladan Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan ko’chat ekish ishlari amalga oshirildi.

Hududlarni ko’kalamzorlashtirish va eko tizimni tiklash borasida amalga oshirilayotgan xayrli tashabbus doirasida 4 gektarli maydonga 1350 dan ortiq manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.

Bunday keng ko‘lamli tashabbuslarning amalga oshirilishi natijasida, hududlardagi yashil maydonlar kengayib, ekologik vaziyat yaxshilanib boradi.

Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash 11.04.2025 Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash
“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-son qaror ijrosi yuzasidan Sergeli, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlari xotin-qizlar bo'yicha hokim o'rinbosarlari hamda “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Yangihayot tuman adliya bo'limi boshlig'i Zuxrobbek Toshtemirov tomonidan qarorning mazmun-mohiyati haqida batafsil huquqiy tushuntirish berildi.

Qarorga ko'ra, 2025-yilda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
•2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta'minlash;
•250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish;
•250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish;
•50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog'lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha motivatsion seminarlar tashkil etish.


Новости 31 - 40 из 1046
Начало | Пред. | 2 3 4 5 6 | След. | Конец