Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz  mas'ulmiz 24.11.2025 Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz mas'ulmiz
Olmazor tumani adliya bo‘limi va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida tumandagi barcha umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qonunchilik asoslari, xususan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, korrupsion holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berilib, ushbu holatlarning oqibatlari hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qilishdan iboratdir.

Biz kontrafaktga qarshimiz 22.11.2025 Biz kontrafaktga qarshimiz
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan bozorlar, savdo majmualari va savdo do‘konlarida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasini oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

Profilaktika tadbirlari davomida iste’molchilar va tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni realizatsiya qilishning salbiy oqibatlari hamda ularni sotganlik uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlik yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur targ‘ibot tadbirlarining asosiy maqsadi — aholining huquqiy savodxonligini oshirish va kontrafakt mahsulotlarning oldini olish hisoblanadi.

Tadbir yakunida savdo nuqtalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga kontrafakt mahsulotlar haqida ma’lumot beruvchi tarqatma materiallar (kataloglar) tarqatildi va asl mahsulot yoki tovarlar sotuvchi savdo obyektlari “kontrafaktsiz savdo obyekti” sifatida e’tirof etilib, ularga ushbu mazmundagi maxsus stikerlar tarqatildi.

“Menga umr baxsh et” xayriya aksiyasi 21.11.2025 “Menga umr baxsh et” xayriya aksiyasi
“Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Toshkent shahar bo‘linmasi va O'zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyatining Toshkent shahar tashkiloti bilan hamkorlikda Yunusobod tumanida joylashgan 1-sonli klinik bolalar shifoxonasida “Menga umr baxsh et” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Tadbir davomida bemor bolalarni holidan xabar olinib, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan bemor bolalar uchun qon topshirish tashkil etildi va turli esdalik sovg‘alar ulashildi.

Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining barqaror rivoji yo‘lidagi salmoqli hissasi va ijtimoiy-foydali loyihalardagi faol ishtiroki uchun bir guruh nodavlat notijorat tashkiloti vakillari Toshkent shahar adliya boshqarmasining “Tashakkurnomasi” bilan taqdirlandi.

"Mexrjon'" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi 21.11.2025 "Mexrjon'" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Prezident Farmoni doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolarga yechim topish maqsadida Chilonzor tumanining “Mexrjon“ mahallasida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning turli masalalar bo‘yicha, xususan, uy-joy, subsidiya, kadastr va boshqa masalalarda murojaatlari tinglanib, ularga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishli tartibda ish yurituviga olindi.

Tadbir davomida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni o‘z huquq va majburiyatlari haqida kengroq xabardor qilish maqsadida targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi boshlig‘i tayinlandi 14.11.2025 Toshkent shahar adliya boshqarmasi Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi boshlig‘i tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi boshlig‘i tayinlandi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi  buyrug‘i bilan ESHNIYOZOV BOBIR MIRZO BAXTIYOR O‘G‘LI Toshkent shahar adliya boshqarmasi Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi, sho‘ba boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

ESHNIYOZOV BOBIR MIRZO BAXTIYOR O‘G‘LI 1994-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy.

B.Eshniyozov shu kunga qadar Toshkent shahar Mirobod tumani adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi boshlig‘i tayinlandi 14.11.2025 Toshkent shahar adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi boshlig‘i tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi boshlig‘i tayinlandi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi  buyrug‘i bilan TOJIYEV ZARIF BOYMURAT O‘G‘LI Toshkent shahar adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi, sho‘ba boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

TOJIYEV ZARIF BOYMURAT O‘G‘LI 1994-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy.

Z.Tojiyev shu kunga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sho‘basi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish bo‘yicha targ'ibot tadbirlari tashkillashtirilmoqda 14.11.2025 Intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish bo‘yicha targ'ibot tadbirlari tashkillashtirilmoqda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Sergeli tumanidagi sanoat zonasida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkillashtirildi.

Uchrashuv davomida, ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.

Ma’lumot uchun: Joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonuni bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi, shuningdek adliya organlariga kontrafakt mahsulotlarni ko‘zdan kechirish va xatlash vakolatlari berildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi 14.11.2025 Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbar kotibi Narkuziyeva Nozimaxon Baburovna 2025-yilning oktabr oyi uchun oyning eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.

Nozimaxon Narkuziyeva 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

Nozimaxon Narkuziyeva boshqarmada mehnat faoliyatini 2025-yilning mart oyidan boshlab, boshqarma rahbar kotibi sifatida davom ettirmoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi  N.Narkuziyevani ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Nikoh shartnomasi va uning afzalliklari tushuntirilmoqda 14.11.2025 Nikoh shartnomasi va uning afzalliklari tushuntirilmoqda
Yangihayot tuman adliya bo'limi, FHDY hamda tuman oila va xotin-qizlar bo'limi hamkorlikda  katta hayot ostonasida turgan yoshlar va xotin-qizlarga o’quv-seminarlari o’tkazilmoqda.

Unda nikohi qayd etilishida tomonlarning huquqlarini himoya qilish, kelajakda er va xotinning teng huquqliligini taʼminlash maqsadida nikoh shartnomasini tuzish haqida tushunchalar berilib, uni tuzish takliflari berildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy dolzarb muammolariga yaqindan yechimlar berib o'tildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz  mas'ulmiz 12.11.2025 Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz mas'ulmiz
Toshkent shahridagi ta'lim sohasi xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik masalalari, korrupsiya omillarini keskin kamaytirish choralari borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, sohada korrupsiyani oldini olish, ta’lim tizimini shaffof va korrupsiyadan holi hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilib, so‘nggi yillarda bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr almashildi.

Bunday profilaktik tadbirlar xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashishga daxldorlik hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Новости 41 - 50 из 1193
Начало | Пред. | 3 4 5 6 7 | След. | Конец