Янгиликлар
27.08.2025
Prezident: har bir yutuq va natija, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta'minlashga xizmat qilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi (https://t.me/adliyangiliklari/21240).
Toshkent shahrida 27-avgust kuni ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o'tdi (https://president.uz/uz/lists/view/8428). Mazkur marosimda adliya vaziri Tashkulov Akbar Djurabayevich "Do‘stlik" ordenini shaxsan davlatimiz rahbaridan qabul qilib oldi.
27.08.2025
Huquqiy aksiya doirasida 24 yoshli yigit hujjatli bo‘ldi
Adliya organlarining aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam ko'rsatish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi davom etmoqda.
Aksiya doirasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan fuqarolarning huquqiy muammolari ijobiy hal etilmoqda.
Xususan, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi Alchinova Sanobar Tillayevnaning 2001-yilda tug‘ilgan farzandi tug‘ilishi qayd qilinmagani sabab shu vaqtga qadar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘lmagan.
Huquqiy aksiya targ‘iboti davomida aniqlangan muammo yuzasidan ko‘rilgan amaliy choralar natijasida, Shayxontohur tumani 1-son FHDY bo‘limi tomonidan 24 yoshli yigitga tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.
26.08.2025
Toshkent shahrida "Hududdagi eng mashhur brend” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda
Tanlov 29-avgust kuniga qadar davom etadi. U oddiy so‘rovnoma shaklida o‘tkaziladi.
So‘rovnoma hududiy adliya organlarining Telegram sahifasida joylashtiriladi.
Tanlov 2023-2024-yillarda ro‘yxatga olingan tovar belgilari (brendlar) orasida bo‘lib o'tadi.
Tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan mahalliy brendlar soni cheklanmagan.
G‘olib brend egasi sertifikat va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi.
25.08.2025
Yoshlar oilaviy hayotga oid bilimlarini oshirmoqda
Olmazor tumani "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi"da yosh juftliklar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Ushbu seminarda FHDY bo'limi, tuman tibbiyot birlashmasidan vakillar hamda tuman otinoyilari ishtirok etib, oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish kabi mavzularda yoshlarga tushintirishlar berishdi.
O‘quv-seminarida ishtirok etgan yoshlar kerakli hayotiy bilimlarni olish barobarida sertifikatlarga ham ega bo‘lishdi.
25.08.2025
Korrupsiya –taraqqiyot kushandasi
Adliya organlari tomonidan korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va bu borada fuqarolarning huquqiy ongini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida o‘tkazilgan tadbirda korrupsiya va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda Yunusobod tumani adliya boʻlimi mas’ul xodimi O.Xakimov ishtirok etib, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
25.08.2025
Fuqaroning uyida nikoh rasmiylashtirildi
Yakkasaroy tuman adliya bo’lim tomonidan mahallalarda uyma-uy yurish tamoyili asosida aholi muammolarini o‘rganish vaqtida
mustaqil harakatlanish qobilyatini yoqotgan fuqaroning murojaati qabul qilindi.
Ma’lum bo’lishicha fuqaro nikohni qayd etish uchun FHDY bo‘limiga bora olmayotganini bildirib, yordam so’ragan.
Yakkasaroy tumani 1-son FHDY bo‘limi tomonidan ushbu fuqarolarning murojaati tez fursatda hal etildi. FHDY xodimasi ularning uyiga borib, sayyor tartibda nikohni qayd etdi va nikoh guvohnomasini ularning qo’liga topshirdi.
25.08.2025
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyani oldini olish choralarini ko'rish, tibbiyot xodimlarining korrupsiya bo'yicha huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasida rahbar va xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda Yashnobod tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Azzamov va S.Eshonqulovlar ishtirok etib, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlariga korrupsiya tushunchasi, korrupsiya va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari atroflicha tushuntirildi.
Tadbir nihoyasida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.
23.08.2025
Yo'qolgan guvohnoma qaytadan tiklab berildi
Adliya organlarining aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi davom etmoqda.
Aksiya doirasida Olmazor tumani adliya bo'limi tomonidan uyma-uy yurib aholi muammolarini o'rganish davomida tumanning Sebzor dahasi, 29-xonadonda istiqomat qilivchi 85 yoshli onaxonning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi yo'qligi aniqlandi.
Olmazor tumani FHDY bo'limi tomonidan qisqa vaqt ichida Magrupat Urmanbekovaning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini qayta tiklab, fuqaroga guvohnomani sayyor ravishda yashash xonadoniga yetkazib berildi.
23.08.2025
Davlat xizmatchilarini halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi
Bektemir tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’limida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Bektemir tumani adliya bo‘limi boshlig‘i D.Togayev, tuman prokurori katta yordamchisi S.Ochilov va O‘zbekiston "Adolat" SDPning Bektemir tuman kengashi raisi D.Muxsimovalar ishtirok etdi.
Tadbir mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati, shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida ma’lumotlar berildi.
Ushbu tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi shaffoflik, halollik tamoyillari, xodimlar orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
22.08.2025
Nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida seminar o‘tkazildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Toshkent shahar bo‘linmasi va Toshkent shahar hokimligi Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar majmuasi bilan hamkorlikda poytaxtda faoliyat yuritayotgan NNT vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbir NNTlarning huquq va manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish borasidagi yangiliklar mavzusiga bag‘ishlandi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad NNTlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish borasidagi yangiliklar bilan NNTlar vakillarini tanishtirish, NNTlarning davlat hamda jamiyat hayotida faolligini yanada oshirishdan iborat.
Новости 41 - 50 из 1127
Начало | Пред. | 3 4 5 6 7 | След. | Конец