Янгиликлар
22.08.2025
“Huquqiy ko‘mak” loyihasi amalda
“Huquqiy ko‘mak” fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani “Mustaqillik”, “Podshobog‘”, “Sarbon”, “Bahor”, “Bog‘imaydon”, Yunusobod tumani “Ahilobod”, Sergeli tumani “Sultonobod”, Olmazor tumani “Eski shahar”, “Chustiy”, Мirobod tumani “Oybek” MFYlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarga “O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida”gi Qonuni yuzasidan huququy ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, mazkur mahallalar yettiligi a'zolariga "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1-son Prezident qarori yuzasidan “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida manzilli targʻibot tadbirlari o‘tkazildi.
21.08.2025
Yosh oila quruvchilar uchun seminar tashkil etildi
Yakkasaroy tumani 1-son FHDY bo’limi hamda tuman “Oilaviy hayotga tayyorlash o’quv markazi” tomonidan yosh kelin-kuyovlar uchun navbatdagi o’quv-seminar o'tkazildi.
Malakali mutaxassislar bo’lg’usi oila vakillariga er-xotin o’rtasidagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yish, oilalarning mustahkamligini ta’minlash, farzand tarbiyasida mas’uliyatli bo’lish hamda oiladagi muammolarni oqilona hal etish bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar berishdi.
Shuningdek, mashg’ulot so’ngida ishtirokchilarga maxsus sertifikat va mustahkam oila qurishda asqotuvchi qo’llanmalar taqdim qilindi.
20.08.2025
„Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi doirasida Shayxontohur tumanidagi “Chorsu” hamda Yakkasaroy tumanidagi "Qushbegi" MFYlarida adliya bo'limi xodimlari tomonidan aholining huquqiy muammolari o'rganildi.
Aholiga „O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–1074-son, 10.07.2025 y.) Qonuni yuzasidan huququy ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, mazkur mahallalar yettiligi a'zolariga “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida manzilli targʻibot tadbirlari o'tkazildi.
19.08.2025
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi
Bektemir tumani Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi "Iyk ota" MFYda uyma-uy yurish orqali fuqarolarning huquqiy muammolari o'rganildi.
Adliya bo'limi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son farmoni yuzasidan targ'ibot tadbirlari olib borilib, aholining muammolari batafsil o'rganildi.
O'rganish davomida fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, tadbirkorlik, meros masalalari, nikohni qayd etish, tug'ilganlik haqida guvohnoma, pasport masalalari shuningdek, uy-joy va kadastr hujjatlari bilan bog'liq holatlar hamda subsidiya kabi turli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar olib borildi.
15.08.2025
Adliya xodimlari mahallalarda
Bektemir tumani “Iyk ota”, Olmazor tumani "Moyariq", "Elparvar", Sergeli tumani “Ittifoq”, Chilonzor tumani “Ko‘rkam”, Shayxontohur tumani “Tinchlik”, “Katta Oqtepa”, Yunusobod tumani “Beg‘ubor”, Yangihayot tumani “Yangi turmush” mahallalarida o'tgan hafta davomida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul va uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.
Tadbir davomida aholi murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi va ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, mahallalardagi muammoli oilalar, ularning farzandlari bilan ishlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha oilalarda yuzaga kelayotgan ziddiyatlar bo‘yicha mahalla yettiligi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.
Bundan tashqari, aniqlangan muammolar yuzasidan joyida bepul huquqiy yordam, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
15.08.2025
Korrupsiya jamiyatni tanazzulga olib keladi
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyani oldini olish choralarini ko'rish, tibbiyot xodimlarining korrupsiya bo'yicha huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Yashnobod tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo’limida Yashnobod tuman adliya bo‘limi va Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbatida tibbiyot xodimlariga korrupsiya tushunchasi va qanday holatlar korrupsiyaga olib kelishi mumkinligi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari tushintirildi va ishtirokchilarning savollariga adliya xodimlari to’liq javob berishdi.
15.08.2025
Bugungi kun yoshlari - ertangi kun vatan himoyachilaridir
Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Mirobod tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda Chirchiq shahrida joylashgan 71201-sonli harbiy qism Jasorat maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta'siri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlar o‘rtasida qayd etilayotgan jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, o‘g‘rilik hamda kiberjinoyatlarning oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, suhbat davomida yoshlarga yaxshilik va yomonlik, to‘g‘ri va noto‘g‘ri, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalarni o‘z ichiga olgan axloqiy me’yor va qadriyatlar hamda ular odamlarga jamiyatda o‘zini qanday tutish kerakligini anglatishi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.
14.08.2025
Davlat tashkiloti xodimlarining ekologik bilimlari boyitildi
O'zbekiston Ekologik partiyasi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, Ekologiya boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda Toshkent shahar hokimligida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida poytaxtimizdagi davlat hizmatchilari uchun o'quv kursi tashkil etildi.
Seminarda Shayxontohur tumani adliya bo‘limi mas'ul xodimi Maxbuba Sharifbayeva bugungi kunda aholini qiynab kelayotgan ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar, aholining ekologik madaniyatini shakllantirish borasidagi choralar xususida tushuntirish ishlari olib bordi.
Shuningdek, tadbir davomida "2030-yilgacha bo'lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-184-sonli Prezident qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
14.08.2025
Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi
“Har bir fuqaro — e’tibor markazida” tamoyili asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatish, fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda davlat xizmatlari ko‘rsatilib kelinmoqda.
Xususan, Chilonzor tumani adliya bo‘limi tomonidan aholining huquqiy muammolari uyma-uy yurib o‘rganilib, markazga tashrif buyurishi qiyin boʻlgan keksa yoshdagi fuqarolarga Davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Jumladan, tumanda istiqomat qiluvchi 81 yoshli fuqaro Abdurahim Nosirov va 79 yoshli Yulduz Nosirova xonadonida bo‘lib, nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi hamda tug‘ilganlik tog‘risidagi ma'lumotnomalarni olish xizmati bo‘yicha ariza rasmiylashtirilib, sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.
13.08.2025
Oilalarni asrab qolish yo‘lidagi xayrli tashabbus
“2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ijrosi doirasida, shuningdek, “Xavfsiz oila” umummilliy tashabbusi asosida Yakkasaroy tumanida oilalarni mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.
Tadbirda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning taqdiri muhokama qilindi.
Muhokama doirasida ajrim yoqasiga kelib qolgan 5 ta oila bilan individual tarzda suhbat o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida oilalarda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar, ajrimga olib kelayotgan asosiy sabablar muhokama qilindi va oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish, oʻzaro hurmat va ishonch muhitini tiklash boʻyicha tavsiyalar berildi.
Новости 51 - 60 из 1127
Начало | Пред. | 4 5 6 7 8 | След. | Конец