Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Nikohlanuvchi yoshlar uchun oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda 26.02.2025 Nikohlanuvchi yoshlar uchun oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda
Uchtepa tumani FHDY bo‘limi tomonidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, diniy idora vakillari hamda oilaviy psixolog ishtirokida “Baxtli oila sirlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda 10 nafar nikohlanuvchi yoshlar ishtirok etishib, ularga oilaviy-huquqiy, tubbiy psixologik bilim bilan bir qatorda oilada erkak va ayolning mas’uliyati, vazifalari, oilaviy nizolarni oldini olish, sog‘lom oila qurish va sog‘lom farzandlarni tarbiyalash, oilani mustahkam qo‘rg‘onga aylantirish uchun oila a’zolarining bir-biriga hurmati, muomala madaniyati, qolaversa ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan mavzularda tushunchalar berildi.

Seminar yakunida oila qurish bo‘sag‘asida turgan nikohlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi 25.02.2025 Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi
“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan, Chilonzor tumanida qizil toifadagi “Katta Chilonzor-3” mahallasida yoshlar o‘rtasida “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” shiori ostida “Huquqiy savodxonlik” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, xususan, kiberxavfsizlik, bezorilik, badanga yengil, o‘rta va og‘ir tan jarohati yetkazish hamda firibgarlik jinoyati va huquqiy oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbir so‘ngida ishtirokchilarga eng saralangan asarlar to‘plamlari sovg‘a qilindi.

Oila, nikoh va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning huquqiy ahamiyati 25.02.2025 Oila, nikoh va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning huquqiy ahamiyati
Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik mutaxassisligiga qayta tayyorlov kursida ta’lim olayotgan 60 nafardan ortiq talabalar ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida Chilonzor tumani adliya bo‘limi 2-son FHDY bo‘limi mudirasi Nilufar Rustamova “Oila, nikoh va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning huquqiy ahamiyati” mavzusida ma‘ruza qildi.

O‘quv mashg‘ulotida mutaxassis tomonidan talabalarga sohaga oid amaliyotda uchrayotgan muammolar, ularning yechimi, tartibi haqida huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, mashg’ulot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ular tomonidan bir qator asosli takliflar berildi.

Yakkasaroy tumanida ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish choralari ko‘rildi 24.02.2025 Yakkasaroy tumanida ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish choralari ko‘rildi
Davlatimiz rahbarining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Yakkasaroy tumani Oilaviy ajrimlarning oldini olish ishchi guruhi tomonidan ajrim xavfi ostida bo‘lgan uch oilaning taqdiri muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, FHDY bo‘limi rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, “Oqila ayollar” harakati hamda tumanning bosh otinoyisi va imom xatiblari ishtirok etishdi.

Ajrim yoqasidagi oilalar bilan suhbat jarayonida oilaviy nizolarning farzandlar tarbiyasiga, ijtimoiy muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatishi haqida tushuntirishlar berildi. Har bir oilalar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

Adliya xodimlari mahallalarda 24.02.2025 Adliya xodimlari mahallalarda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari tomonidan o‘tgan hafta davomida “Adliya kuni” doirasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bo'yicha targ'ibot tadbirlari olib borilib, mahallalarda sayyor qabullar hamda uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida fuqarolarning turli masalalarda murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan aholini firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish, ularni bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va ularni sodir etish usullari haqida ogoh qilish yuzasidan tayyorlangan infografikalar tarqatildi.

Joriy yilning 21-fevral kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi 24.02.2025 Joriy yilning 21-fevral kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi
Unda 2024-yil davomida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari, FHDY organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil* (https://telegra.ph/Toshkent-shahar-adliya-boshqarmasi-tomonidan-2024-yilda-amalga-oshirilgan-ishlar-haqida-MALUMOT-02-24)

Unutilgan mehnat taʼtili: Yunusobod tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan fuqaroga 20 mlndan ortiq kompensatsiya toʻlab beriladigan boʻldi 24.02.2025 Unutilgan mehnat taʼtili: Yunusobod tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan fuqaroga 20 mlndan ortiq kompensatsiya toʻlab beriladigan boʻldi
Yunusobod tumani adliya bo‘limiga fuqaro M.J. Yunusobod tumanida joylashgan “Ta’minot va logistika” davlat korxonasida ishlagan davri uchun foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiyalar korxona tomonidan to‘lanmaganligidan norozi bo‘lib, muammoni hal qilishda amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qildi.

Batafsil (https://telegra.ph/Unutilgan-mehnat-ta%CA%BCtili-Yunusobod-tumani-adliya-bo%CA%BBlimi-aralashuvi-bilan-fuqaroga-20-mlndan-oshiq-kompensatsiya-to%CA%BBlab-beriladi-02-20)

 Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi 21.02.2025 Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi
“Ziyo ulash” loyihasi ko‘lami tobora kengaymoqda va ishtirokchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Shuningdek, loyiha doirasida aholining, ayniqsa yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida FHDY bo‘limlarida nikohini qayd etgan yosh oilalarga kitob taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Loyihaga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan har bir yurtdoshimiz o’ziga yaqin hududdagi davlat xizmatlari markaziga o’zi o’qigan kitoblardan olib kelib, “bukkrossing” burchagida qoldirishi va oʻrniga boshqasini olishi mumkin. Shu tariqa kitoblar almashinuvi orqali ilm va ziyo tarqatilishiga erishamiz.

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi

Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi 21.02.2025 Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning tuman adliya bo‘limlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanda yashovchi yurak xastaligiga chalingan 2-guruh nogironi fuqaro J.O hamda  yurish imkoniyati cheklangan 1946-yilda tug'ilgan fuqaro Yu.V sog‘ligi holatiga ko‘ra, Markazga kela olmaganligi uchun ularning yashash xonadonlariga tashrif buyurilgan holda, ruhiy va narkologik dispanserda turish yoki turmasligi bo'yicha ma'lumotnoma olishda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, Yangihayot tuman DXM tomonidan tumanning Gulshanobod mahallasida yashovchi harakati cheklangan fuqaro K.Mga sayyor tartibda turar joyga bo'lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati ko‘rsatildi.

oshkent shahar adliya boshqarmasida “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi tashkillashtirildi 21.02.2025 oshkent shahar adliya boshqarmasida “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi tashkillashtirildi
Boshqarma va tuman adliya bo'limlarining ko'ngilli xodimlari ushbu xayriya tadbirida donor sifatida faol ishtirok etib, bir qancha bemorlar hayotini saqlab qolishda, ularning umid bilan boqqan ko'zlarini quvonchga to'ldirishda o'zlarining beg'araz hissalarini qo'shishdi.

O‘ziga xos insonparvarlik namunasi bo‘lgan bu kabi tadbirlar zamirida bemorlar hayotini saqlab qolishdek ulkan va xayrli ish turibdi. Shu bois, unda ishtirok etgan har bir inson mazkur xayrli ishga daxldordir.

Siz ham donorlik aksiyalarida qatnashing va bemorlarga hayot bag'ishlashda ko‘maklashing!


Новости 71 - 80 из 996
Начало | Пред. | 6 7 8 9 10 | След. | Конец