Янгиликлар
07.10.2025
21 yoshli yigit hujjatli bo‘ldi
Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi Alchinova Sanobarning 2004-yilda tug‘ilgan farzandining tug‘ilishi qayd qilinmagani sabab, shu vaqtga qadar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘lmagan.
"Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko’mak“ aksiyasi doirasida Shayxontohur tumani Adliya bo'limi hamda Shayxontohur tumani 1-son FHDY bo‘limi tomonidan 21 yoshli yigitga tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib, topshirildi.
06.10.2025
“HUQUQIY BILIMLAR OYLIGI”DA YOSHLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimi Abror Berdiev ishtirok etib, yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyadan holi jamiyat yo‘lida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Shuningdek, tadbir davomida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarlik sodir etilishining salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
04.10.2025
Yosh juftliklar oilaviy hayotga o’qitilmoqda
Yashnobod tumanidagi “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markazida tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, FHDY bo‘limi bilan hamkorlikda nikoh qurish ostonasida turgan yoshlar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda tumandagi mutaxassislar, ibratli oila vakillari hamda imom xatib ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirda yoshlarga oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, yoshlarda oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish, oilalarda sog‘lom maʼnaviy-axloqiy muhit barqarorligi hamda oila qurgach masʼuliyatli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzulari haqida so‘z bordi.
Tarbir so‘ngida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i yoshlarga oilada, hayotda har bir inson o‘z o‘rnini munosib topa bilishi, oilaviy baxtni o‘z qo‘llari bilan yaratish fazilatlari haqida to‘xtalib, yoshlarga yaxshi tilaklar bildirib, sertifikatlarni topshirdi.
03.10.2025
Davlat xizmatlari markazlari xodimlari uchun o’quv-seminar
Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahar adliya boshqarmasida yuridik va jismoniy shaxslarga bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar berish hamda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlarining mas’ul xodimlari uchun navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar muzokara tarzida davom etib, xodimlar faoliyatida duch kelayotgan muammolar yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
03.10.2025
“Men Vatanimning yuziman” nomli aksiya tashkil etiladi
Aksiya "Xorijda ham millat yuzi bo'lib qolaylik" shiori ostida bo'lib o'tadi.
Mazkur aksiya 2025 yil 5-oktabr – 5-noyabr sanalari oralig'ida o'tkaziladi.
Aksiya doirasida:
Xorijda yashayotgan va chet elga ketayotgan fuqarolarga tushuntirishlar beriladi;
“Xorijdagi fuqarolar uchun 10 muhim qoida” videoroliklari tayyorlanadi;
xorijiy davlatlar qonunchiligi va tartib-qoidalari haqida targ'ibot materiallari aholiga yetkaziladi;
audiopodkastlar o'tkaziladi;
axloqiy buzg'unchilikning salbiy oqibatlarini yorituvchi roliklar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladi.
03.10.2025
"Uy-joy uchun subsidiya qanday hollarda rad etiladi?"
"Qaror va ijro” gazetasining navbatdagi sonida ushbu mavzuda berilgan savolga Bektemir tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i Abdulfayoz Tojiboyev huquqiy tushuntirish bergan maqola chop etildi.
03.10.2025
Advokatlar uchun seminar
Advokatura sohasini takomillashtirish, advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasining faoliyatiga ko‘maklashish, mediatsiya sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Adliya vazirligi va Advokatlar palatasining 2025–2026-yillarda hamkorligi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan, Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Advokatlar palatasining Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlar ishtirokida seminar tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida advokatlarga sohada korrupsiyaviy holatlarni oldini olish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
03.10.2025
Adliya xodimlari mahallalarda
Yangihayot tumani adliya bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "Yangi Darhon" mahallasi yettiligi a'zolariga «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 133-sonli Prezident qarori ijrosi yuzasidan targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Shu bilan birga mahalla fuqarolari uchun bo'lib o'tgan sayyor qabulda ularning murojaatlari tinglanib, adliya bo'limi ish yurituviga olindi.
02.10.2025
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash, mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilinishi hamda korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho'basi xodimlari ishtirok etishdi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ariza, taklif va shikoyatlari og‘zaki yoki yozma bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z vaqtida javob berilishi va elektron tarzda belgilangan muddatda murojaatchi manziliga yetkazilishida mas’uliyatni oshirish bugunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Aholi ishonchini oqlashda har bar davlat xizmatchisi o‘zida mas’uliyat va e’tiborni his qilmog‘i lozim. Shu bilan birga, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida bajarish, rejada belgilangan vazifalarga va mehnat qonunchiligidagi talablarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, har bir xodimning vazifasi ekanligini unutmaslik kerak.” – dedi Alisher Nekov.
30.09.2025
Sizga ta'zim, sizga ehtirom, aziz ustozlar!
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan adliya boshqarmasi va uning quyi tizimlari FHDY, Notariat sohalarida uzoq yillar faoliyat ko’rsatib, qonunchilikni takomillashtirishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shib kelgan faxriy ustozlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ustozlarning ko'p yillik mehnatlari yodga olinib, ularning tajribalari bugun ham shogidlari uchun katta maktab vazifasini o'tayotgani alohida ta'kidlandi.
Bayram munosabati bilan ustoz faxriylarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari taqdim etildi.
Новости 71 - 80 из 1200
Начало | Пред. | 6 7 8 9 10 | След. | Конец