Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlash kurslarida o'qitilmoqda 15.08.2024 Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlash kurslarida o'qitilmoqda
Sergeli tumani FHDY bo’limiga  nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan yoshlar “Yosh oila quruvchilar maktabi” kurslarida oʻqitildi.

Oʻquv kurslarida Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Sergeli tumani targʻibot guruhi, tuman bosh otinoyisi, maʼnaviyat va maʼrifat markazidan mutaxassislar ishtirok etib, oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish orqali oila mustahkamligini ta’minlash kabi mavzularda so’z yuritishdi.

Darslarda ishtirok etgan 50 nafar juftliklarga o’quv kurslari yakuni bo’yicha sertifikatlar topshirildi.

Bemor ayolning hujjatlari yangilab berildi 14.08.2024 Bemor ayolning hujjatlari yangilab berildi
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani FHDY bo'lim xodimlari "Adliya kuni"  doirasida mahallalarda   uyma-uy yurib, aholining kundalik  hayotida uchrayotgan  muammolarni o’rganishmoqda

Tumanning “Darxon” mahallasidan 62 yoshli Dilorom
G’ofurova sog’lig’ida jiddiy muammolar borligi va chet elga davolanish uchun borishida hujjatlaridagi o’zgarishlar sabab keta olmayotganini bildirdi.

"Huquqiy ko'mak" aksiyasi yordamida  ushbu ayolga bepul birlamchi  huquqiy  yordam ko'rsatilib , hujjatlaridagi tafovudlar bartaraf  etilib, fuqaroga  tug'ilganlik  va nikoh tuzilganlik guvohnimasi o'zgartirilib, yangitdan berildi.

Shuninhdek, xodimlar “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni yuzasidan ham aholiga keng tushintirish ishlarini olib borishmoqda

Adliya xodimlari tomonidan aholi muammolari o’rganilmoqda 14.08.2024 Adliya xodimlari tomonidan aholi muammolari o’rganilmoqda
Poytaxtning M.Ulug’bek, Yakkasaroy, Mirobod, va Bektemir tumanlarida o‘tkazilgan "Adliya kuni" tadbirlari doirasida adliya xodimlari sayyor qabullar tashkil etib, uyma-uy yurgan holda mahallalarda  aholi muammolarini o'rganishdi.

O’rganishlar jarayonida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, huquqiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlarning akasariyatiga shu joyning o‘zida ijobiy yechim topilib, qayta o‘rganishni talab etadigan holatlar nazoratga olindi.

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni yuzasidan ham targ'ibot tadbirlari olib borildi.

Maxsus vakolatli оrgаnlаr xodimlarining intellektual mulk sohasidagi bilimlari oshirilmoqda 13.08.2024 Maxsus vakolatli оrgаnlаr xodimlarining intellektual mulk sohasidagi bilimlari oshirilmoqda
Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazi binosida Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan  Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi,  Toshkent shahar soliq boshqarmasi, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning aylanmasiga qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlik qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror yuzasidan o’quv
mashg'ulotlari tashkil etildi.

Ushbu tadbirda kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni aylanmasi bilan bog'liq holatlarni aniqlash va ularga chek qo'yish borasida tezkor va nazorat tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish hamda kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni aylanmasi bilan bog'liq huquqbuzarliklar bo'yicha o'zaro axborot almashish masalalari yuzasidan hamkorlik o'rnatishga kelishib olindi.

Diniy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi 13.08.2024 Diniy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlar vakillari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda, diniy tashkilotlar vakillarining huquqiy bilim, ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida“gi Qonun mazmun-mohiyati va unga amal qilish, diniy tashkilotlar faoliyatida uchraydigan kamchiliklar va ularni oldini olish, shuningdek, yillik faoliyati yuzasidan hisobotlarni e-ngo.uz portali orqali topshirish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbirda diniy tashkilotlar faoliyatida uchrayotgan huquqiy muammolar eshitilib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

“Baxtli oila sirlari” mavzusida seminar o’tkazildi 12.08.2024 “Baxtli oila sirlari” mavzusida seminar o’tkazildi
Yakkasaroy tumani FHDY bo‘limida yosh oila quruvchilar uchun seminar treninglar tashkil etildi.

Nikoh ostonasidagi yoshlar oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash mavzularida o’qitilmoqda.

Maqsad, oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish, erta ajrimlarning oldini olishdan iboratdir.

So‘zga chiqqanlar yoshlarga oila azaldan muqaddas qo‘rg‘on sanalganligi, inson oilada dunyoga kelishi, ulg‘ayib kamol topishi, eng avvalo oila mustahkam, tinch bo‘lsa jamiyat barqaror bo‘lishi haqida aytib o‘tishdi.

Tadbir so‘nggida yosh kelin-kuyovlarga oilaga tayyorgarlik kurslarida faol ishtirok etganliklari uchun  sertifikatlar topshirildi.

Adliya vazirligi tomonidan 1-avgustdan 30-avgustga qadar “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi. 07.08.2024 Adliya vazirligi tomonidan 1-avgustdan 30-avgustga qadar “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

,,Adliya kuni’’ doirasida aholi uchun sayyor qabullar  tashkil etildi 06.08.2024 ,,Adliya kuni’’ doirasida aholi uchun sayyor qabullar tashkil etildi
Poytaxtning Yunusobod, Olmazor va Yakkasaroy tumanlarida  ,,Adliya kuni’’ doirasida aholi uchun sayyor qabullar  tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari o’rganildi va muammolarni hal etish choralari ko’rildi.

Ushbu  targ’ibot ishlari mahalla yettiligi ishtirokida tuman adliya bo’limi,YXKM, DXM va FHDY xodimlari tomonidan mahallalarda xonadonlarga uyma-uy yurilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni yuzasidan targ'ibot tadbirlari olib borilib aholiga tushintirishlar berildi.

“Baxtli oila sirlari” mavzusida seminar o'tkazildi 05.08.2024 “Baxtli oila sirlari” mavzusida seminar o'tkazildi
Chilonzor tumani  2-son FHDY bo’limida yosh oila quruvchilar uchun seminar tashkil etildi. Unda  Adliya bo’limi, tuman Oila xotin-qizlar bo’limi, YUKXM vakillari va Oila psixologi hamda imom xatiblar ishtirok etib,  nikoh ostonasida turgan yoshlarga  “Baxtli oila sirlari” mavzusida ma'ruzalar qilishdi.

Seminar doirasida  yoshlarimizga oilada erkak va ayolning o'rni ular o'rtasidagi o'zaro hurmat  kabi tushunchalar haqida aytib o'tildi. Shuningdek,  tadbirda nikohlanuvchi yoshlarga huquqiy, psixologik yondashuv asosida oila mustahkamligi, barqarorligi, qadriyatlar ustuvorligi, oila va baxtli turmush bizning kelajagimiz ekanligi haqida tushunchalar berildi.

 Asarlarning kontrafakt nusxalarini tarqatish javobgarlikka sabab bo'ladi 02.08.2024 Asarlarning kontrafakt nusxalarini tarqatish javobgarlikka sabab bo'ladi
Toshkent shahar adliya boshqarmasiga fuqaro Jaloliddin Qutimov murojaat qilib, u tomonidan hammualliflikda yaratilgan “Multilevel Master Writing” o'quv qo'llanmasining kontrafakt nusxalari “P.P” MChJ tomonidan qonunga xilof ravishda tarqatilayotganligi to'g'risidagi xabar bergan.

Ushbu tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruv o'tkazilganda  mazkur tadbirkorlik subyekti tomonidan “Multilevel Master Writing” o'quv qo'llanmasini 3 ming nusxada muallif ruxsatisiz chop etilayotganda muallif tomonidan to'xtatilganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha tadbirkorlik subyektiga nisbatan MJTKning 177-prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborildi va sud qaroriga ko‘ra huquqbuzarga nisbatan 5,1 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi.


Новости 71 - 80 из 852
Начало | Пред. | 6 7 8 9 10 | След. | Конец