Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

 "Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi" dasturi doirasida hududlarda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda 08.05.2025 "Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi" dasturi doirasida hududlarda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Xususan, Uchtepa tumani “Abdulla Qodiriy”, Yangihayot tumani “Do‘stlik”, Mirobod tumani “Parvona”, “Bilimdon”, Shayxontohur tumani “Gulbozor”, Sergeli tumani "Eshonbuloq" mahallalarida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabullar va uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

Aholi bilan muloqotda qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, ijtimoiy yordam olish tartibi, shuningdek energoresurslar bilan bogʻliq yangiliklar, kiberxavfsizlik, firibgarlik, odam savdosi kabi jinoyatlar va uning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

Shuningdek, "Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" aksiyasi doirasida mazkur mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

"Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" huquqiy aksiyasi davom etmoqda 08.05.2025 "Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" huquqiy aksiyasi davom etmoqda
Shayxontohur tumani adliya bo‘limi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchi va pedagoglari ishtirokida “Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish davr taqozosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslanmagan axborotlar ta’siriga tushib qolmaslik, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlar muhofazasi, firibgarlik, korrupsiya va odam savdosi kabi jinoyatlar, uning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Suhbat shaklida o‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

 “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” huquqiy aksiyasi doirasida tadbirlar amalga oshirilmoqda 08.05.2025 “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” huquqiy aksiyasi doirasida tadbirlar amalga oshirilmoqda
Huquqiy aksiya doirasida Yashnobod tumani adliya bo‘limi, xususan Davlat xizmatlari markazi, FHDY hamda “Madad” NNT xodimlari tomonidan tumanning “Fidoiylar”, “Boyqoʻrgʻon”, “Mashinasozlar” mahallalarida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan sayyor qabul va uyma-uy yurish tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida, aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi hamda aholi orasidagi turli muammoli masalalar, xususan, tazyiq, migratsiya, moddiy yordam, aliment to‘lash, ishga joylashish va boshqalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga kadastr masalalari, pensiya, bolani maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish masalalari bo‘yicha sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Toshkent shahridagi FHDY organlari tomonidan qayd etilgan tug‘ilish va nikoh 08.05.2025 Toshkent shahridagi FHDY organlari tomonidan qayd etilgan tug‘ilish va nikoh

 Kitobxon yoshlar - yurt kelajagi 08.05.2025 Kitobxon yoshlar - yurt kelajagi
“Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi” dasturi doirasida Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumanning "Oltinko‘l", "Qorasuv" va "Sariko‘l" mahallalari yoshlari o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov jarayonida ishtirokchilar asar tahlili va erkin shartlar kabi bosqichlardan oʻtib, oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyish etdilar. Bunday tanlovlar yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshib, ularda kitobxonlikka boʻlgan qiziqishlarni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan yoshlar tuman adliya bo’limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Adliya xodimlari mahallalarda 07.05.2025 Adliya xodimlari mahallalarda
“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi doirasida mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari hal etilmoqda.

Xususan, Mirzo Ulug’bek tumani adliya bo‘limi tomonidan huquqiy aksiya doirasida tumanning “Zakovat” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan  hamkorlikda  fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, fuqarolarning kadastr, aliment undirish tartibi, nogironlikni belgilash kabi masalalarda murojaatlari tinglanib, huquqiy tushintirishlar berildi hamda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi davom etmoqda.

 Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi —  Shavkat Mirziyoyev 07.05.2025 Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi — Shavkat Mirziyoyev
“Korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov”  mavzusida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Bektemir tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Soha xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda  korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri, uning ijtimoiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbirda “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida adliya tizimida start olgan aksiyaning ahamiyati tushuntirilib, barchani aksiyada faol ishtirok etish orqali huquqiy savodxonlikni oshirish imkoniyatidan unumli foydalanishga chorladi.

“Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshiling! 07.05.2025 “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshiling!
Barchani kitob o‘qishga chorlayotgan „Ziyo ulash“ aksiyasi o‘z atrofiga ko‘plab kitobsevarlarni chorlamoqda.

Alfraganus universiteti talabalari Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Ziyo ulash burchagi”ga kitoblar topshirib, tashabbusni qoʻllab-quvvatladilar.

“Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshiling, sevimli asarlaringizni ulashing va jamiyatda bilim aylanmasini yaratishga hissa qoʻshing!

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

Davlat hisobidan yuridik yordam masalalari yuzasidan seminar o‘tkazildi 06.05.2025 Davlat hisobidan yuridik yordam masalalari yuzasidan seminar o‘tkazildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasida sudyalar, tergovchilar, surishtiruvchilar, advokatlar va tuman adliya bo‘limlari mas’ul xodimlari ishtirokida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi, advokatlarni tizim orqali jalb etish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash mexanizmlari hamda amaliy jihatlar batafsil tushuntirildi.

Seminar yakunida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarning savollariga javob berildi.

Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi (https://lex.uz/uz/docs/-7228726)

Kitob – eng odil do'st, beminnat muallim 06.05.2025 Kitob – eng odil do'st, beminnat muallim
“Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi” dasturi doirasida Chilonzor tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 131-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlov mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim tadbir bo‘ldi.

Qizg’in kechgan tanlov  natijalariga ko‘ra, g'olib bo'lgan  yoshlar tuman adliya bo’limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.


Новости 81 - 90 из 1127
Начало | Пред. | 7 8 9 10 11 | След. | Конец