Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i

Sodikov Ulugbek Igamberdiyevich

Телефон:
71-2036003

Juma kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha

Sodikov Ulugbek Igamberdiyevich 1986-yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2006-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2008-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tamomlagan.

Ulugbek Igamberdiyevich tayinlovga qadar Adliya vazirligi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.



Должностные обязанности
Adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyatini tashkillashtirish va ularga umumiy rahbarlik qilish;
boshqarma hay’ati faoliyatini boshqarish;
boshqarma ishini rejalashtirish, uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
Rejalashtirish va nazorat-tahlil shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Inson resurslari shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Moliya-iqtisod shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Xo‘jalik faoliyati va mehnatni muhofaza bo‘yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish;
moliyaviy, shuningdek, moddiy-texnika ta’minoti, xodimlarning moddiy va maishiy sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarni amalga oshirish.



Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Jo‘rayev Islombek Anvar o‘g‘li

Телефон:
71-2036003


Jo‘rayev Islombek Anvar o‘g‘li 1992-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos. 2015-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Jo‘rayev Islombek tayinlovga qadar Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Raqamlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish;
FHDY arxivi faoliyatiga rahbarlik qilish;

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Nazarov Xamdam Shuxratovich

Телефон:
71-2036003

har kuni soat 09.00 dan 18.00 gacha.

X.Nazarov 1983-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos. 

2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Xamdam Shuxratovich tayinlovga qadar Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Должностные обязанности
Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Inson huquqlarini himoya qilish shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Xudoyorov Jasur Bahrom o'g'li

Телефон:
71-2036003

har kuni soat 09.00 dan 18.00 gacha.
Xudoyorov Jasur Bahrom o'g'li 1991-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos. 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.
Jasur Bahromovich tayinlovga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho'basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Должностные обязанности
Notariat, advokatura va mediatsiya shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Nodavlat notijorat tashkilotlar shu'basi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Huquqiy axborot bo'yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchi faoliyatiga rahbarlik qilish;
Notarial arxiv faoliyatiga rahbarlik qilish.