04.06.2022
E’LON! Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga ishga taklif etadi
Lavozimlar ro‘yxati:1 Olmazor tuman DXM Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi hisoblash tenikasi operatori 1
2 Uchtepa tuman DXM Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi hisoblash tenikasi operatori 0,5
3 Shayxontohur tuman DXM Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (sho'ba) hisoblash tenikasi operatori 1
4 Yunusobod tuman DXM Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (sho'ba) hisoblash tenikasi operatori 1
5 Betemir tuman DXM Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (sho'ba) hisoblash tenikasi operatori 1
6 Yashnabod tuman DXM Telefon xizmati ko'rsatish va servis bo‘limi (sho'ba) (Call-markaz) aloqa operatori 1
7 Toshkent shahar boshqarma Kadrlar bo‘yicha inspektor 1
Jami 6,5 shtat birligi
Tuman Davlat xizmatlari markazlari
Hisoblash texnikasi operatori:
Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:
• banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirishda markaz xodimlariga ko‘maklashish;
• ariza beruvchilarning vakolatli organlar bilan kontaktsiz o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash;
• arizalarning vakolatli organlarga ular bo‘yicha qaror qabul qilish
va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlash;
• serverlar va ishchi stansiyalarga tarmoqlararo dasturiy ta’minotini o‘rnatish va serverdagi tizimni konfiguratsiyalash;
• fayl-serverlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi serverlari
va kompyuterlardagi (ishchi stansiya) dasturiy ta’minotni integratsiyalash (o‘zaro bog‘lash)ni ta’minlash;
• serverlar va ishchi stansiyalar dasturiy ta’minotining yaroqligini ta’minlash;
• foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, identifikator va parollarni berish.
II. Lavozimga oid rasmiy talablar:
• axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;
• davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
6. Aloqa operatori:
I. Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:
• “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;
• tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlashda ko‘maklashish;
• davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;
• tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;
• tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga to‘liq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bog‘lanishni ta’minlash;
• telefon tarmog‘ining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
II. Lavozimga oid rasmiy talablar:
• oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;
• davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
• shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Murojaat muddati va manzil:
Nomzodlar 2022 yil 20 iyunga qadar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tishlari hamda belgilangan tartibda hujjatlarni yuklagan holda mutaxassisligiga mos bo‘lgan lavozimni tanlab yuborishlari lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-203-60-06)
Ishga qabul qilish tartibi va savollar doirasi bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/vac_questions/ havola orqali tanishishingiz mumkin.
Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali hamda 1008 qisqa raqami orqali habar berishingiz mumkin.
Nomzod faqat bitta lavozimga hujjatlarini yuborishi mumkin.