Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
17.06.2022

E’LON! Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga ishga taklif etadi

Lavozimlar ro‘yxati:

T/r

Tuman nomi

Lavozim nomi

Shtat birligi

1

Boshqarma

Moliya-iqtisod bo‘limi yetakchi buxgalteri

1

Jami 1 shtat birligi

Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:

Xodimlar mehnatiga haq to‘lash shakli va tizimini O’zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi;

O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlaydi;

vazirlik xodimlarining xizmat safarlari bo‘yicha safar xarajatlari hisobotlarini belgilangan tartibda qabul qiladi;

jamoa shartnomasiga asosan xodimlar mehnatini rag‘batlantirish va kompensatsiya to‘lash hisob-kitobini amalga oshiradi;

jamoa shartnomasiga ko‘ra, Jamg‘arma hisobidan xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatishning to‘lov majburiyatini bajaradi;

jamoa shartnomasiga asosan belgilangan miqdorda xodimlarning oziq-ovqat xarajatlarini qisman qoplash bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini bajaradi;

ijtimoiy sug‘urta va pensiya jamg‘armalariga ajratmalar hisoblash va to‘lovni ta’minlash ishlarini olib boradi;

davlat soliqlari bo‘yicha to‘lovlarni hisoblaydi va to‘lovni ta’minlaydi;

Soliq inspeksiyasi, Statistika, Xalq banki va Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan muddatlarda oylik, choraklik hamda yil yakuni bo‘yicha tegishli hisobotlar tayyorlaydi va topshiradi;

Adliya vazirligi tarkibiy tuzilmalari tomonidan so‘ralgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi;

bosh buxgalterning topshirig‘iga asosan bosh buxgalter o‘rinbosari yoki boshqa xodim ish joyida bo‘lmaganda uning vazifasini bajaradi;

Adliya vazirligi rahbariyati va bosh buxgalter ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Xodimlarga amalga oshirilayotgan to‘lovlarni Kadrlar boshqarmasi bilan kelishgan holda buyruq asosida amalga oshirish.

aktivlarning mavjud holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlar holatini buxgalteriya hisobotlarida to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilishini ta’minlaydi;

tovar moddiy boyliklarini olib kelish bo‘yicha ishonchnomalar beradi, vakolati doirasida shartnomalar ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi va nazorat qiladi, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydi;

ishonchnomalarni ro‘yxatga oladi, umumlashtiradi va hisobini yuritadi;

moddiy ashyolar, tovar moddiy qiymatliklari, ularning kirimi, hisobi-harakati, chiqimi bo‘yicha “Nizom” va yo‘riqnomalar asosida buxgalteriya hisobini yuritadi;

tovar moddiy qiymatliklari, moddiy ashyolar, asosiy vositalar bo‘yicha hamda har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha alohida analitik, sub va sintetik hisoblarga asoslangan hisobot, aylanma (oborot) qaydnomalar yuritadi, chorak va yil oxiriga qoldiqlar chiqaradi;

asosiy vositalar va transport vositalari bo‘yicha qayta baholash, eskirishini hisoblash hamda transport vositalariga ketadigan yoqilg‘i moylash materiallari xarajatlari hisobini olib boradi;

moddiy javobgar shaxslar javobgarligida bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarini kirimi va chiqimi bo‘yicha tegishli boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlarini kunlik rasmiylashtirib, tegishli oborot vedomostlarida qayd etib boradi;

belgilangan muddatlarda asosiy vositalar, moddiy ashyolar, tovar moddiy qiymatliklari, majburiyatlar va (debitorlik va kreditorlik) hisob-kitoblar bo‘yicha (kassadan tashqari) inventarizatsiya (yalpi xatlash) o‘tkazadi va solishtirma vedomostlar orqali yakunlar chiqaradi, natijasi bo‘yicha choralar ko‘rishga takliflar kiritadi;

moddiy javobgar shaxslardan belgilangan muddatlarda hisobotlar oladi, ularni tekshiradi va qabul qiladi;

o‘ziga tegishli soha bo‘yicha boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlarini qabul qilib oladi, nazorat qiladi hamda ularni hisoblar bo‘yicha qayta ishlashga tayyorlaydi;

o‘z sohasi bo‘yicha rahbariyat, kreditorlar, investorlar va boshqa buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni ishonchli va taqqoslama buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan ta’minlaydi;

buxgalteriya hisobining tegishli sohalari bo‘yicha hisobot tuzish uchun ma’lumotlar tayyorlaydi, o‘z sohasi bo‘yicha buxgalteriya hisobi hujjatlarining saqlanishi ustidan nazorat olib boradi;

buxgalteriya hisobi ma’lumotlar bazasining saqlanishi, yuritilishi, tashkil qilinishi bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

mazkur bo‘limga tegishli xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha chiqarilgan farmoyishlar, buyruqlar va bosh buxgalter ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajaradi.

II. Lavozimga oid rasmiy talablar:

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Budjet kodeksi, Soliq kodeksi, Mehnat kodeksi, “Buxgalteriya to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi BHMSlari, O’zbekiston Respublikasi budjet hisobi standarti, “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma, (ro‘yhat raqami 2169-son 2010 yil 22 dekabr) Buxgalteriya

va moliya sohasi bo‘yicha chiqarilgan boshqa normativ xuquqiy xujjatlar, O’zbekiston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 1999 yil 29 martdagi 140-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’ati qarorlari, buyruqlari, doimiy topshiriq va ko‘rsatmalari.

Malakaga oid talablar:

Oliy, iqtisod moliya yo‘nalishi bo‘yicha, davlat organlari tizimidagi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 2 yillik ish staji.

MA’LUMOT UChUN:

Boshqarmaning ikki bosqichli tanlov jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ishga qabul qilish bo‘yicha maxsus komissiyasi ijobiy hulosasiga asosan mehnat shartnomasi tuziladi.

Murojaat muddati va manzil:

Nomzodlar 2022-yil 3-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tishlari hamda belgilangan tartibda hujjatlarni yuklagan holda mutaxassisligiga mos bo‘lgan lavozimni tanlab yuborishlari lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-203-60-06)

Ishga qabul qilish tartibi va savollar doirasi bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/vac_questions/ havola orqali tanishishingiz mumkin.

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali hamda 1008 qisqa raqami orqali habar berishingiz mumkin.

Nomzod faqat bitta lavozimga hujjatlarini yuborishi mumkin.

 Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i
 A.Isakov


Рўйҳатга қайтиш