E’LON! Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga ishga taklif etadi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga qabul qilish bo‘yicha
E’LON
Lavozimlar ro‘yxati:
T/r |
Tuman nomi |
Lavozim nomi |
Shtat birligi |
1 |
Mirobod tuman DXM |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi hisoblash tenikasi operatori |
1 |
2 |
Chilonzor tuman DXM |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi hisoblash tenikasi operatori |
1 |
3 |
Shayxontohur tuman DXM |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (sho'ba) hisoblash tenikasi operatori |
1 |
4 |
Bektemir tuman DXM |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (sho'ba) hisoblash tenikasi operatori |
1 |
5 |
Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy Notarial arxiv |
Arxivarius |
1 |
Jami 5 shtat birligi |
Tuman Davlat xizmatlari markazlari
1. Hisoblash texnikasi operatori:
Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:
· banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirishda markaz xodimlariga ko‘maklashish;
· ariza beruvchilarning vakolatli organlar bilan kontaktsiz o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash;
· arizalarning vakolatli organlarga ular bo‘yicha qaror qabul qilish
va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlash;
· serverlar va ishchi stansiyalarga tarmoqlararo dasturiy ta’minotini o‘rnatish va serverdagi tizimni konfiguratsiyalash;
· fayl-serverlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi serverlari
va kompyuterlardagi (ishchi stansiya) dasturiy ta’minotni integratsiyalash (o‘zaro bog‘lash)ni ta’minlash;
· serverlar va ishchi stansiyalar dasturiy ta’minotining yaroqligini ta’minlash;
· foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, identifikator va parollarni berish.
II. Lavozimga oid rasmiy talablar:
· axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;
· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
2. Arxivarius:
I. Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:
· davlat notarial idoralarining hujjatlarini qabul qiladi, ro‘yxatga oladi, saqlaydi va ulardan foydalanishni ta’minlaydi;
· ijrosi tugagan hujjatlarning o‘z vaqtida arxivga topshirilishini nazorat qiladi;
· zaruriy hujjatlarni qidirib topishda uslubiy jihatdan yordam ko‘rsatadi;
· arxiv faoliyati bilan bog‘liq ijro uchun yuborilgan hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi va bu haqda tegishli tartibda ma’lumotlar tayyorlaydi;
· notarial arxivda ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlaydi hamda belgilangan tartibda o‘z notarial arxivini yuritishi shar;
· boshqarma boshlig‘i va arxiv mudiri topshirig‘iga ko‘ra, yig‘ilish va anjumanlarda qatnashadi;
- boshqarmaga kelib tushgan xat va hujjatlarning hisobini yuritish;
- boshqarma boshlig‘i va arxiv mudiri ning ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
II. Lavozimga oid rasmiy talablar:
· oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;
Murojaat muddati va manzil:
Nomzodlar 2022-yil 28-avgustga qadar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tishlari hamda belgilangan tartibda hujjatlarni yuklagan holda mutaxassisligiga mos bo‘lgan lavozimni tanlab yuborishlari lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-203-60-06)
Ishga qabul qilish tartibi va savollar doirasi bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/vac_questions/ havola orqali tanishishingiz mumkin.
Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali hamda 1008 qisqa raqami orqali habar berishingiz mumkin.
Nomzod faqat bitta lavozimga hujjatlarini yuborishi mumkin.
Inson resurslari bo‘limi boshlig‘i
A.Isakov