Munosabat
Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro K.Mirmaksudov
Toshkent shahar Uchtepa tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan Sizning joriy yil 23-fevralda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan fikringiz o‘rganib chiqildi.
Xususan, Siz o‘z fikrlaringizda bir necha kundan buyon Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markaziga kelishga majbur bo‘lganingizni va kassada o‘tirgan (S.Aripova) qiz saqich chaynab (ro‘zador bo‘lgan) o‘tirgan ayol kassamizni xizmat haqqi bor deb ogohlantirganligi, hoxlasangiz boshqa to‘lov usullaridan ya’ni Payme, Click va boshqa mobil ilovalardan foydalanishingiz mumkinligi to‘g‘risida sizga ma’lumot berganligi, Siz joriy yilning 9-yanvar sanasida kadastr hujjatlaringizni yangilash uchun topshirganingiz va 23-fevral kuni tayyor bo‘lgan kadastr hujjatlaringzni olish maqsadida Uchtepa tumani davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, tayyor hujjatlaringizni olganingiz ma’lum bo’ldi.
Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan 1-ilova “Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmurıy reglamenti” ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi belgilangan.
Shuningdek, turar (noturar) joy obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organ - Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hisoblanadi.
Bundan tashqari, Siz bilan bog‘lanish va postingizda qoldirilgan fikrlarga yanada aniqlik kiritish maqsadida, Adliya boshqarmasining mas’ul xodimi tomonidan Sizga Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar yuborildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda harakat (murojaat) qilishingiz maqsadga muvofiqligi bildiriladi.
Kelgusida sohani rivojlantirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq takliflar va mavjud kamchiliklar bildirib turilsa, aholiga qulaylik yaratilishiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.